“Yoshlarning ma’naviy-axloqiy holatiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi huquqbuzarlik, giyohvandlik, axloqsizlik kabi muammolarni bartaraf etishning yo‘llari” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi...

Samarqand davlat universiteti Muhandislik fizikasi institutida “Yoshlarning ma’naviy-axloqiy holatiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi huquqbuzarlik, giyohvandlik, axloqsizlik kabi muammolarni bartaraf etishning yo‘llari” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.
Davra suhbatini SamDU talabalari orasida ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlashga mas’ul bo‘lgan rektor maslahatchisi Islom Rustamov kirish so‘z bilan ochib, bugungi global sharoitda axborot oqimining shiddatli tus olishi, bu vaziyatda to‘g‘ri yo‘ldan adashmaslik, ogoh bo‘lish davr talabi ekanligini aytib o‘tdi. Shundan so‘ng universitet bosh yuriskonsulti Ilyos Bo‘riyev talabalar o‘rtasida huquqbuzarlikning oldini olish hamda bo‘sh vaqtini mazmunli o‘zkazish bo‘yicha taklif va tavsiyalar berdi. Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslahat kengashi raisi Sharofat To‘xliyeva yoshlarning, ayniqsa talaba-qizlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil qilish haqida fikr bildirar ekan, bu borada kitobxonlikni rivojlantirish eng muhim omil ekanligini alohida ta’kidladi.
Shuningdek, talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.
Samarqand davlat universiteti
Axborot xizmati.
Shavkat Akramov olgan suratlar.