Samarqand davlat universiteti xalqaro ta’lim dasturlari markazi talabalariga Koreyaning KOICA (Korea International Cooperation Agency) agentligi vakili Youngjon Seo “Erta bolalik taʼlim dasturi bilan tanishtirish va dasturdan foydalanish shartlari” mavzusida seminar o‘tdi.

    Unda xalqaro ta’lim markazi o‘qituvchi va talabalari ishtirok etib, maktabgacha ta’lim tizimida Koreya tajribasiga oid bir qator yangiliklardan xabardor bo‘ldilar.

    -Ushbu seminar nafaqat talabalar, balki xalqaro ta’lim markazi o‘qituvchilari uchun ham nihoyatda foydali bo‘ladi, deb o‘ylayman, - deydi xalqaro ta’lim markazi o‘qituvchisi Navro‘za Umirova, - Ayniqsa maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalar ongida atrof-muhit va tabiatga hurmat uyg‘otish, kitoblarga, til o‘rganishga qiziqtirish muhim hisoblanadi. Ma’ruzachi tomonidan Koreya tajribasi asosida o‘rgatilayotan metodlar, turli tavsiyalar ayni soha vakillari uchun samarali hisoblanadi.

Samarqand davlat universiteti
Axborot xizmati.
Shavkat Akramov olgan suratlar.