Samarqand davlat universiteti rektori, O‘zbekiston Respublikasi fan arbobi Rustam Xolmurodovning O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan tabrigi

Aziz o‘qituvchi va murabbiylar siz butun hayotingizni, yoshligingizni, kuch-quvvatingizni, ko‘z nuringizni yosh avlod ta’lim tarbiyasiga bag‘ishlagansiz.
Bugun Sizning o‘quvchilaringiz orasida fan nomzodi va doktorlari, professorlar, davlat va jamoat arboblari, mashhur sportchilar borligini haqli ravishda e’tirof etamiz.
Siz o‘z muallimlik faoliyatingiz davomida bir-necha minglab murg‘ak qalblarning hayot yo‘lini ilm-ma’rifat nuri bilan yoritgansiz.
Xalqimiz, Vatanimiz Siz aziz ustozlar bilan haqli ravishda faxrlanadi.
Sizning oldingizda bosh egib ta’zim qilamiz.
Bayramingiz muborak bo‘lsin.
Hamisha shogirdlar, farzandu nabiralar, elimiz ardog‘ida bo‘ling.
Alloh umringizga, rizqingizga, kasbingizga baraka bersin.