Tug‘ilgan kuningiz muborak bo‘lsin!

Bugun Samarqand davlat universiteti nazariy fizika va kvant elektronikasi kafedrasi mudiri, professor Napas Eshqobilov va dotsent Bahrom Xolmirzayevlarning tug’ilgan kuni.
Fizika-matematika fanlari doktori, professor Napas Eshqobilov 1953-yil Samarqand viloyatida tug’ilgan. 69 yoshni qarshi olgan olim 45 yildan buyon Samarqand davlat universitetida turli lavozimlarda faoliyat ko’rsatib kelmoqda…
SamDU Agrobiotexnologiyalar va oziq-ovqat xavfsizligi instituti dotsenti, qishloq xo’jaligi fanlari nomzodi Bahrom Xolmirzayev 1949-yil Pastdarg’om tumanida tug’ilgan. 73 yoshni qarshi olgan olim 50 yildan buyon bir qator tashkilot va Samarqand davlat universitetida turli lavozimlarda faoliyat ko’rsatib kelmoqda…
Samarqand davlat universiteti jamoasi tug’ilgan kun sohibini samimiy muborakbod etib, uzoq umr, sihat-salomatlik, tinchlik-xotirjamlik tilaydi.
Samarqand davlat universiteti
Faxriylar kengashi.