Samarqand davlat universiteti rus tili va chet el adabiyoti kafedrasi dotsenti Ruben Nazaryanning 75 yillik yubileyi nishonlandi…

Tadbirda filologiya fakulteti professor-o’qituvchi va talabalari, SamDU boshlang’ich Kasaba uyushmasi qo’mitasi raisi, olimning yaqinlari ishtirok etdi.
- Taniqli rus adabiyotshunos olimi Ruben Nazaryan 50 yildan buyon Samarqand davlat universitetida samarali mehnat qilib kelmoqda, - deydi rus tili va chet el adabiyoti kafedrasi mudiri, dotsent Shahnoza Eshniyozova. - Bugungi kunda filologiya, madaniyatshunoslik, etnografiya, tarix, o’lkashunoslikka oid 300 dan ortiq ilmiy maqolalar muallifi. Ustoz har jihatdan yoshlarga o’rnak bo’ladigan samimiy inson. Yuzlab shogirdlarni tayyorlashda beminnat xizmat qilib kelmoqda. Domlaning ilmiy va ijodiy ishlariga muvaffaqiyat, tilayman…
Tadbir so’ngida olimning xizmatlari e’tirof etilib, esdalik sovg’alar topshirildi…
Samarqand davlat universiteti
Axborot xizmati.
Shavkat Akramov olgan suratlar.