Prezidentimizning xorijga safarlarini diqqat bilan kuzataman. O‘zbekiston rahbarining tinchlik va taraqqiyot maqsadida jahonga intilayotgani xalqaro hamjamiyat tomonidan ham e’tirof etilayotgani, butun xalqimizga faxr-iftixor bag‘ishlaydi. Vengriyaga boshlangan rasmiy tashrif ham o‘zaro manfaatli bo‘lishiga ishonaman... 
    Bugungi shiddat bilan rivojlanib borayotgan zamonda geosiyosiy ziddiyatlardan holi bo‘lgan munosabatlar tizimi har tomonlama zarur hisoblanadi. Jahon tajribasi shuni ko‘rsatadiki, barcha sohalardagi hamkorlik va do‘stona aloqalar barqaror tinchlik va taraqqiyotning asosi bo‘lib xizmat qiladi. O‘zaro do‘stlik, davlatlararo iqtisodiy sheriklik, ijtimoiy-gumanitar aloqalarning yo‘lga qo‘yilishi, sivilizatsiyalararo muloqot umumiy xavfsizlik va barqaror rivojlanishning muhim shartidir.  
    Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning Vengriyaga  tashrifi zamirida ham ana shunday muhim maqsadlar mujassamlashgan. 
    Zamonaviy bosqichda mamlakatlarimiz o‘rtasidagi munosabatlar izchil rivojlanib borayotgani alohida e’tirofga loyiq.  
 2016-yildan boshlab, O‘zbekiston va Vengriya munosabatlarida muhim davr boshlandi. Xuddi shu yili Toshkentda Vengriya elchixonasi faoliyati yo‘lga qo‘yildi.   Mazkur davrdan boshlangan yangicha munosabatlar bugun yana bir pog‘ona yuksalishiga ishonaman.  

    Bugungi kunda hamkorlik yuzasidan talabalar almashinuvi hamda birgalikda ilmiy tadqiqotlar olib borish bo‘yicha bir qator salmoqli ishlar amalga oshirib kelinmoqda.  Samarqand davlat universiteti olim va tadqiqotchilari Vengriya universitetlarida ilmiy tadqiqot olib borayotgani, ikki mamlakat olimlarining birgalikda ilmiy loyihalar ustida ishlayotganini alohida e’tirof etish joiz.  
    Otabek Umarov,  Samarqand davlat universiteti optika kafedrasi mustaqil tadqiqotchisi, Vengriyaning Debrecen universiteti doktoranti: 


 Rustam XOLMURODOV, 
 Samarqand davlat universiteti rektori, 
 O‘zbekiston Respublikasi fan arbobi.