Samarqand davlat universitetida Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti, Toshkent arxitektura-qurilish instituti, Toshkent davlat transport universiteti hamda “Geofundamentproekt” MCHJ bilan hamkorlikda “Gruntlar mexanikasi va geotexnika” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman o’z ishini boshladi.

    Anjumdanda AQSH, Janubiy Koreya, Rossiya, Turkiya, Yaponiya, Qozog’iston, Polsha, Avstraliya kabi 12 xorijiy davlatladan 50 dan ortiq olimlar ishtirok etmoqda.

    Nufuzli anjuman geotexnik qurilish muammolari, arxitektura yodgorliklarini saqlash bilan bog‘liq geotexnik masalalar, tuproq mexanikasi, strukturaviy mexanikaning kontakt yechimlari kabi sho’balarga bo’lindi.

    - Anjuman xalqaro ahamiyatga ega bo’lgan mavzuga bag’ishlanagan. Tadbirda sohaning eng mashhur olimlari ishtirok etmoqda, - deydi SamDU professori Asqar Hasanov. – Har o’n yilda o’tkaziladigan konferensiyaning birinchi qismi nazariya bilan bog’liq bo’lsa, ikkinchisi amaliyot bilan aloqadordir. Ma’ruzalar davomida bildiriladigan fikrlar, mulohazalar bino va inshootlar, transport, gidrotexnik inshootlar qurilishi uchun ilmiy ahamiyatga ega. Konferensiya Scopus darajasida e’lon qilindi. Rus va ingliz tillarida ma’ruzalar qilinmoqda.

    Ma’lumot uchun, konferensiya 8-oktyabrga qadar davom etadi…

         Behruz Shamsiddinov

         Samarqand davlat universiteti

         Axborot xizmati,

         Shavkat Akramov olgan suratlar.