Samarqand davlat universitetida “Tadqiqot natijalarini nashr etish va ma’lumotlarni tahlil qilish bo‘yicha ilmiy tadqiqot faoliyatlarini yanada rivojlantirish istiqbollari” mavzusida seminar o‘tkazildi...

Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti xalqaro aloqalar va transformatsiya bo‘limlari hamkorligida “Tadqiqot natijalarini nashr etish va ma’lumotlarni tahlil qilish bo‘yicha ilmiy tadqiqot faoliyatlarini yanada rivojlantirish istiqbollari” mavzusida onlayn seminar bo‘lib o‘tdi.
Seminarda Samarqand davlat universitetining 100 dan ortiq doktorant, assistent va ilmiy tadqiqotchilari, shuningdek, xorijiy universitetlarning professor-o‘qituvchilari ishtirok etdi.
Seminarning birinchi kunida xorijiy hamkor universitetlarning ekspertlari tomonidan ilmiy-tadqiqot faoliyatini rivojlantirishga doir ma’ruzalar tinglandi.
Universitetning xalqaro reytingini yanada oshirishga xizmat qiluvchi omillardan biri, shubhasiz, olimlarimizning nufuzli xalqaro imliy jurnallarda o‘z natijalarini nashr etishlariga bog’liq. Bu bo‘yicha yosh olimlar, tadqiqotchilar, professor-o‘qituvchilarda ilmiy maqolalar tayyorlash va ularga mos jurnallarni topish bo‘yicha ko‘nikmalar va yangi bilimlarni shaklantirish juda muhim hisoblanadi.
Seminar davomida xorijiy ekspertlar tomonidan geologiya qidiruv, tarix, ijtimoiy gumanitar sohalarga bog’lab ilmiy ish olib borish, natijalarni chop etish va ma’lumotlarni tahlil qilish bo‘yicha muhim tushuncha va motivatsion maslahatlar berildi.
Samarqand davlat universiteti
Axborot xizmati