Samarqand davlat universiteti botanika kafedrasi mudiri, professor Xislat Xaydarov, dotsent Zebiniso Umurzoqova, doktorant Ulug’bek Ochilovlarning “Samarqand shahrini ko’kalamzorlashtirishda foydalaniladigan manzarali daraxt va butalar” nomli o’quv qo’llanmasi nashr etildi.

    Ushbu qo’llanmada Samarqand shahrida, aholi yashash joylari, manzarali bog’lar, xiyobonlar, avtomobil yo’l yoqalarini ko’kalamzorlashtirishda daraxt butalarni ekish usullari hamda ularni vegetativ va generativ usullarda ko’paytirish bo’yicha tavsiyalar berilgan.

    Shuningdek, qo’llanmada keltirilgan manzarali daraxt va buta turlari Respublikamizning turli hududlaridagi obodonlashtiriladigan joylarning iqlim sharoitlariga eng yuqori chidamli bo’lgan turlar tanlab olingan. Bunda ularning isiqqa, sovuqqa, suvsizlikka, sho’rga va tuproqning unumdorligiga yuqori talabchan emasligi hamda avtomobillardan chiqadigan gazlarga bardoshliligi inobatga olingan.

    Qo’llanma Respublikamizda ushbu sohada faoliyat yuritayotgan mutaxassislar hamda manzarali daraxt va butalar bilan qiziquvchan havaskor tadbirkorlar, fermerlar, dehqonlar uchun mo’ljallangan.

Samarqand davlat universiteti

Axborot xizmati.