Farzandlarini bilimli qilib tarbiyalayotgan ota-onalarga Samarqand davlat universitet rektori, O‘zbekiston Respublikasi fan arbobi Rustam Xolmurodovning tashabbusi bilan tashakkurnomalari topshirilmoqda.

    IX asrda yashagan buyuk hadisshunos olim Imom al-Buxoriy “Ilmdan o‘zga najot yo‘q va bo‘lmagay”, deb bejiz aytmagan edi. Bugun davlatimizning rivojlanishi uchun zamonaviy bilimlarni egallash juda ham muhim bo‘lib qoldi. Farzandlarini  bilim olishga yo‘naltiruvchi fidoyilar kamaydi.

    Shunday bo‘lishiga qaramasdan, bugun ota-onalarda ertangi kunga bo‘lgan ishonch paydo bo‘lgan. Ular farzandlarini ilm-ma’rifat olishga undamoqda. Ana shunday ota-onalardan biri bu Samarqand davlat universitetiga grant asosida o‘qishga qabul qilingan Nasiba Abdurahmonovaning ota-onasi – Abdusalom Oqbo‘tayev va Sofita Zokirovalardir.

    Bugun ularga farzandlariga yaxshi tarbiya berib, jamiyatimizga yana bir ziyolini yetishtirib berayotganlari uchun O‘zbekiston Respublikasi fan arbobi Rustam Xolmurodovning tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari topshirildi.

Otabek Sa’dullayev,

Samarqand davlat universiteti

Axborot xizmati xodimi.

Shavkat Akramov olgan suratlar.