Bugun, 7-yanvar kuni Samarqandda qanday ob-havo kuzatiladi?

Havo oʻzgarib turadi, ayrim joylarda yomgʻir yogʻadi. Baʼzi joylarda tuman tushadi. Shamol sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Harorat kechasi 2-7 daraja, kunduzi 10-15 daraja iliq boʻladi.
Viloyatning togʻli hududlarida havo oʻzgarib turadi, baʼzi joylarda vaqti-vaqti bilan yomgʻir, qor yogʻadi. Shamol sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5 daraja, kunduzi 4-9 daraja iliq boʻladi.