Bugun, 8-yanvar kuni Samarqandda biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin

Samarqand viloyatida havo o‘zgarib turadi, ayrim joylarda kuchsiz yomg‘ir yog‘adi. Ba’zi joylarda tuman tushadi. Shamol sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Harorat kechasi 4-9 daraja, kunduzi 9-14 daraja iliq bo‘ladi.
Viloyatimizning tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda vaqti-vaqti bilan yomg‘ir, qor yog‘adi. Qor ko‘chish xavfi bor. Shamol sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5 daraja, kunduzi 2-7 daraja iliq bo‘ladi.