Samarqand Davlat universiteti Psixologiya va ijtimoiy fanlar va Iqtisodiyot va biznes fakultetlarida O’zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari kichik mutaxasislar tayyorlash markazi bilan hamkorlikda 14-yanvar “Vatan himoyachilari” kuniga bag’ishlangan “Mardlar qo’riqlaydi Vatanni!” shiori ostida ko’rgazmali tadbir o’kazildi. Tadbirda yig’ilgan talabalarga markazdan tashrif buyurgan podpolkovnik D.Akbarov va B.Rasulov tomonidan xozirgi kunda vatanimiz qurolli kuchlarini zamonaviy darajada rivojlashi yo’lida hukumatimiz tomonidan qilinayotgan ishlar to’g’risida ma’ruzalar qilishdi, zaxiradagi podpolkovnik A.B.Boymurodov o’z navbatida qurolli kuchlarimiz askarlari qo’llayotgan qurol-yaroqlar to’g’risida ma’lumotlar berdi.