Kafedra mudiri

Xashimov Farhod Xakimovich

  •  Qabul vaqti: Har kuni 14:00 dan 16:00 gacha
  •  Telefon: +998979274300
  •  Elektron pochta: shaxzod2000.67@mail.ru

Biografiya

1960-1965 yy. - Samarqand qishloq xo‘jalik instituti talabasi
1965-1966 yy. - Harbiy xizmatda
1967-1970 yy. - Samarqand qishloq xo‘jalik instituti aspiranti
1970-1978 yy. - Samarqand qishloq xo‘jalik instituti agrokimyo va umumiy dehqonchilik kafedrasi assistenti, katta o‘qituvchisi
1978-1979 yy. - Samarqand qishloq xo‘jalik instituti agronomiya fakulteti dekan muovini
1979-1981 yy. - Samarqand qishloq xo‘jalik instituti agrokimyo va umumiy dehqonchilik kafedrasi dotsenti
1981-1982 yy. - Samarqand qishloq xo‘jalik instituti o‘quv ishlari bo‘yicha rektor muovini vazifasini bajaruvchi
1982-1983 yy. - Samarqand qishloq xo‘jalik instituti rektori v.b.
1983-1989 yy. - Samarqand qishloq xo‘jalik instituti agrokimyo va umumiy dexqonchilik kafedrasi mudiri
1989-1995 yy. - Samarqand qishloq xo‘jalik instituti agrokimyo va o‘simliklarni himoya qilish kafedrasi mudiri
1995-1998 yy. - Samarqand qishloq xo‘jalik instituti agronomiya fakulteti dekani
1998-2012 yy. - Samarqand qishloq xo‘jalik instituti agrokimyo, tuproqshunoslik va o‘simliklarni himoya qilish kafedrasi mudiri
2012-2015 yy. - Samarqand qishloq xo‘jalik institutining agrokimyo, tuproqshunoslik va o‘simliklarni himoya qilish kafedrasi professori 
2015-2017 yy. - Samarqand qishloq xo‘jalik instituti agrokimyo, tuproqshunoslik va o‘simliklarni himoya qilish kafedrasi mudiri
2017-2018 yy. - Samarqand qishloq xo‘jalik instituti agrokimyo va tuproqshunoslik kafedrasi mudiri
2018 y. – 2020 yy. - Samarqand veterinariya meditsinasi instituti agrokimyo, tuproqshunoslik, o‘simliklar himoyasi va karantini kafedrasi mudiri
2020 y. – h.v.-Samarqand davlat universiteti agrokimyo va o‘simliklarni himoya qilish kafedrasi mudiri

 

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan Samarqand davlat universitetida Agrobiotexnologiyalar va oziq-ovqat xavfsizligi fakulteti tashkil etildi. Fakulteti tarkibida  “Agrokimyo va o’simliklarni himoya qilish” kafedrasi faoliyat olib bormoqda. Kafedrada 5410100–Agrokimyo va agrotuproqshunoslik, va 5410300–O’simliklarni himoya qilish (ekin turlari bo’yicha), ta’lim yo’nalishilari mavjud .

Hozirgi kunda “Agrokimyo va o’simliklarni himoya qilish” kafedrasida 5 nafar professor-o‘qituvchilar faoliyat ko‘rsatishmoqda. Shulardan 2 ta fan doktori-professor, 2 nafar fan nomzodlari, dotsentlardir.

Kafedra professor-o‘qituvchilari Tuproqshunoslik va agrokimyo ilmiy tadqiqot instituti, O’simliklarni himoya qilish ilmiy tadqiqot instituti, Toshkent Davlat Agrar universiteti va uning filiallari, Buxoro davlat universiteti, Andijon agrotexnologiyalar instituti, O’zFA O’simlik moddalari kimyosi ITI, Timiryazev nomli Moskva qishloq xo’jalik akademiyasi (TSXA-RGAU), Voronej agrar universiteti, Saratov agrar universiteti, Volgograd agrar universiteti, Nijegorod agrar universiteti, Shelkovo-Agroxim AJ (Rossiya)   bilan hamqorlikda ilmiy –tadqiqot ishlarini olib borishmoqda.

 “Agrokimyo va o’simliklarni himoya qilish” kafedrasida 2020-2021 o’quv yilida 2 ta darslik, 5 ta o’quv qo’llanmalar chop etish rejalashtirilgan.

Kafedrada o‘qitiladigan fan o`quv dasturlari

  • O’simliklarni himoya qilish
  • Fitopatologiya
  • Agrokimyo
  • Agrokimyoviy tekshirish usullari
  • Tuproq biologiyasi va kimyosi
  • Qishloq xo’jaligida agrokimyoviy xizmat
  • O’g’it qo’llash tizimi
  • Tuproqshunoslik va agrokimyo
  • Umumiy entomologiya va zoologiya
  • Umumiy fitopatologiya va mikrobiologiya
  • O’simliklar immuniteti
  • Mikologiya
  • O’simliklar va mahsulotlar karantinida fitoekspertiza
  • O’simliklarni biologik himoya qilish
  • O’simliklarni kimyoviy himoya qilish
  • Uzumni kasallik va zararkunandalardan himoya qilishning zamonaviy texnologiyalari
  • Qishloq xo’jalik entomologiyasi
  • Qishloq xo’jalik fitopatologiyasi
  • Issiqxona ekinlarini zararkunandalardan himoya qilish
  • Issiqxona ekinlarini kasalliklardan himoya qilish
  • T/f  Uzum yetishtirishda o’g’itlashning zamonaviy texnologiyalari
  • T/f  Uzumni kasallik va zararkunandalardan himoya qilishning zamonaviy texnologiyalari
  • T/f  Issiqxona ekinlarini kasallik va zararkunandalardan himoya qilishning zamonaviy usullari
  • T/f  Tomchilatib sug’orishda o’g’itlash