Kafedra mudiri

 Xasanova Kibriyo Xasanovna

 

  •  Qabul vaqti: Har kuni 8:00 dan 16:00 gacha
  •  Telefon: +998 93 342 53 53
  •  Elektron pochta: khasanova-5353@mail.ru

Biografiya

1971-1976 yy. - Samarqand davlat universiteti talabasi

1974-1978 yy. - Samarqand tumanidagi 16-maktab o’qituvchisi

1978-1987 yy. - Samarqand davlat universiteti pedagogika kafedrasi katta laboranti

1987-1990 yy. - Samarqand davlat universiteti pedagogika kafedrasi o’qituvchisi

1990-1997 yy. - Samarqand davlat universiteti pedagogika kafedrasi katta o’qituvchisi

1997-2006 yy. - Samarqand davlat universiteti pedagogika kafedrasi dotsenti

2006-2011 yy. - Samarqand davlat universiteti amaliy pedagogika va psixologiya kafedrasi professori

2011-2013 yy. - Samarqand davlat universiteti pedagogika kafedrasi mudiri vazifasini bajaruvchi

2013-2015 yy. - Samarqand davlat universiteti pedagogika kafedrasi dotsenti

2015-2017 yy. - Samarqand davlat universiteti maktabgacha ta’lim metodikasi va pedagogika kafedrasi dotsenti

2017 y. - h.v.   - Samarqand davlat universiteti pedagogika kafedrasi mudiri

Fakultetlararo Pedagogika kafedrasi tarixi

    Pedagogika kafedrasi universitet bilan tengdoshdir. Kafedraning, tashkil topish, ilmiy markazga aylanishida akademik A.M.Baxouddinov, M.Ashrafiy, A.S.Efimov singari olimlarning xizmatlari katta bo‘lgan. Bu ilmiy maktabning asosiy rivojlanishi esa professor A.S.Efimov nomi bilan chambarchas bog‘liq bo‘lib, bu olim ta’lim-tarbiya sohasida yetuk mahalliy, milliy kadrlar bilan boyitishda jonbozlik ko‘rsatdi. Pedagogika kafedrasiga ko‘p yil mudirlik qilgan O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, professor A.S.Efimov rahbarligida o‘nlab pedagogika fanlari nomzodlari tayyorlangan bo‘lib, ular O‘zbekiston va qo‘shni xorijiy davlatlar oliy o‘quv yurtlarida ishlamoqdalar. Prof.A.S.Efimov pedagogika fanlari nomzodlari, dotsentlar F.Bozorov, S.Rahimov, X.Samatov, X.Abduraximova, A.Choriev kabi 40 ga yaqin fan nomzodi yetishtirib, o‘zining ilmiy maktabini yaratdi. Jumladan, X.Abduraximova olimning bevosita rahbarligida “O‘zbek oilalarida internatsional tarbiya” mavzusida nomzodlik ishini himoya qildi. Bozorov F. “Mendeleevning ilmiy-pedagogik merosi va uni O‘zbekistonning oliy pedagogik o‘quv yurtlarida o‘rganish”, S.Rahimov “Abu Ali ibn Sinoning pedagogik qarashlari” M.SHerboev “Kolxoz oilasida tarbiya masalalari”, A.G‘aniev “S.Ayniniyning pedagogik qarashlari” mavzularida nomzodlik dissertatsiyalarini himoya qilib, bu asosda bir qator ilmiy-nazariy asarlar chop qilishdi. Efimov Afanasiy Semyonovichni nafaqat O‘zbekiston, balki O‘rta Osiyo ilmiy–pedagogik jamoatchiligi pedagogika fani nazariyotchilaridan bir sifatida e’tirof etganlar. Olim o‘z vaqtida oliy ta’limni rivojlantirish va pedagogika fanlarini muvofiqlashtirish bo‘yicha qator kengashlarning a’zosi etib saylagan edi. U 1960 yilda Samarqand pedagogik bilimlar universitetini tashkil etdi va uning birinchi rektori bo‘lib ishladi. Olimning rahbarligida bu universitet o‘qituvchilar o‘rtasida eng sevimli maskanga aylangan edi. Bu dargohda qizg‘in, ilmiy-nazariy hamda amaliy hamkorlik hukmron edi. A.S.Efimov asos solgan bu ilmiy maskan 1980 yilga qadar pedagogika-psixologiya kafedrasi nomi bilan atalib kelgan edi. SHunday ekan, nafaqat pedagogik bilim, balki psixologiya bo‘yicha ham amalga oshirilgan ilmiy faoliyatining rivojida ham professor Efimov Afanasiy Semyonovichning xizmatlari katta. Murabbiyning shogirdi S.Rahimov ana shu yo‘nalish bo‘yicha yirik tadqiqotlarni amalga oshiridi va bir qancha o‘z izdoshlarini tarbiyalab voyaga yetkazdi. E.A.Iskandarov, Y.Masharipov, E.To‘raqulov va boshqalar shular jumlasidandir. 1988-1996 yillar mobaynida pedagogika kafedrasida Efimov Afanasiy Semyonovichning shogirdi, “Oliy ta’lim a’lochisi” dots.F.Bozorov yetakchilik qilib keldi. Bu davr ichida M.Semyonov, Y.Axrorov, K.Hasanova, G.Muzafffarova, I.Ilyosov, X.Bo‘riev, I.Rozziqov kabi olimlar o‘z nomzodlik ishlarini muvaffaqiyatli himoya qildilar.

    Turli davrlarda kafedraga A.S.Efimovdan so‘ng F.Bozorov, N.SHodiev, M.Ashurov, Y.Axrorovlar mudirlik qilishdi.

    Hozirgi paytda kafedramizning nomi “Fakultetlararo pedagogika kafedrasi” deb nomlanadi. Kafedramizda 30–dan ortiq professor o’qituvchilar fa’oliyat ko’rsatmoqda.  

    Kafedra mudiri:                                           K.Hasanova.