Kafedra mudiri

Karimov Sayimnazar

Biografiya

1973-1978 - yillar Samarqand davlat universiteti talabasi
1978-1983 - yillar Samarqand davlat universiteti iliy kommunizm kafedrasi assetenti
1983-1987 - yillar  Samarqand davlat universiteti aspiranti
1987-1992 - yillar  Samarqand davlat universiteti o‘qituvchisi
1992-1994 - yillar Samarqand davlat universiteti siyosatshunoslik kafedrasi doktoranti
1994-1995 - yillar  Samarqand davlat universiteti sotsiologiya kafedrasi mudiri
1996-2000 - yillar  Samarqand viloyati ma’naviyat va ma’rifat markazi rahbari
2000-2004 - yillar Samarqand  shahar hokimi ijtimoiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari
2004-3.09.   - yillar  Samarqand viloyati ma’naviyat va ma’rifat markazi rahbari
2004-2009 - yillar Samarqand iqtisodiyot va servis instituti prorektori
2009-2011 - yillar Samarqand iqtisodiyot va servis instituti ijtimoiy gumanitar fanlar kafedrasi professori
2011-2013 - yillar  Samarqand iqtisodiyot va servis instituti ijtimoiy gumanitar fanlar kafedrasi professori kafedra mudiri v.b.
2013-2015 - yillar  Samarqand iqtisodiyot va servis instituti ijtimoiy- gumanitar fanlar kafedrasi professori, kafedra mudiri
2015 – 2019 - yillar Samarqand iqtisodiyot va servis instituti ijtimoiy fanlar kafedrasi professori, kafedra mudiri
2019 – 2020 - yillar  Samarqand davlat universiteti falsafa kafedrasi professori
2020- h.v. - yildan Samarqand davlat universiteti falsafa va milliy g‘oya kafedrasi mudiri, professor

 

Falsafa kafedrasi tarixi O‘zbekiston davlat universiteti tashkil topishi bilan bog‘liq. Dastlab mazkur kafedraga 1928-1932 yillar  S.Krasnousov rahbarlik qilgan. Keyinchalik kafedrada fan tarmoqlari ko‘payishi munosabati bilan turli fan predmetlari bo‘yicha bo‘linish yuzaga keldi va dastlab falsafa kafedrasi mudiri sifatida faoliyat olib borgan tashkilotchi faylasuf olim, akademik Ibrohim Mo‘minov faoliyati bilan bog‘liqdir. Ibrohim Mo‘minov kafedraning va tarix fakultetining dekani sifatida boshqarish jarayonining birinchi kunidan boshlab oliy ma’lumotli milliy kadrlarni tayyorlashga jadallik bilan kirishish bilan bir qatorda sobiq ittifoq davridayoq qo‘rqmasdan milliy madaniyatni jadal rivojlantirishga dadillik bilan kirishdi va milliy-ma’naviy qadriyatlarni tiklash va istiqlol haqidagi g‘oyalarni dadilona ilgari surib ilmiy tadqiqot ishlari olib bordi va Toshkentga ishga o‘tganidan so‘ng ilmiy-tadqiqot ishlarini avj oldirishga keng imkoniyatlar yuzaga keldi va otashin alloma faylasuf olim shogirdlar tayyorlashga kirishdi. Hayoti davomida  100 dan ortiq fan nomzodi va 20 dan ortiq fan doktori tayyorlagan. Ko‘plab shogirdlari, yani dotsentlar R.Karimov, Yu.Talishkin, M.Axmedov, prof.O.Bozorovlar mazkur kafedraning mudiri lavozimida ishlab keldilar va bundan tashqari Ibrohim Mo‘minov maktabining etakchi vakillari sifatida A.A.Axmatov, S.Samishkinlar doktorlik dissertatsiyalarini yoqladilar. 
1988 yildan to 1993 yilga qadar  SamDU falsafa kafedrasini falsafa fanlari doktori prof.O.E.Ergashev boshqardi. Uning rahbarligida ham SamDU falsafa ilmiy maktabining etakchi vakillari davomchilaridan N.E.Muxammadiev, N.Isroilova, V.Isakovlar nomzodlik dissertatsiyalarini yoqladilar. Prof. O.E.Ergashev rahbarligida J.YA.YAxshilikov doktorlik dissertatsiyasini himoya qildi. Kafedrada dotsentlardan P.S.Xaydarov, G.Abdusaidova, M.S.Madirimova, M.Olloyorov, X.X.Giziddinov, U.Voxidov, R.Madraimov, X.Zoxidov, assitentlardan A.Karimovlar faoliyat ko‘rsatganlar. 
1994 yildan 2020 yilga qadar professor J.YAxshilikov kafedra mudiri lavozimida ishladi. Bu davrda kafedrada 21 ta fan nomzodi va 3 ta doktorlik ishlab chiqdi.  Kafedra dotsenti SH.SH. Negmatova 2015 yil sentyabrdan 2016 yil oktyabrga qadar kafedra mudiri bo‘lib ishladi. 
2020 yil avgust oyida Falsafa kafedrasi“Fuqarolik jamiyati va milliy g‘oya” kafedrasi bilan qo‘shildi. 2020 yil avgustdan boshlab bu qo‘shilgan kafedralar mudiri lavozimiga Professor S.K.Karimov ishlab kelmoqda. Fuqarolik jamiyati va milliy g‘oya kafedrasidan ikki nafar fan doktorlari A.R.Samadov, A.Q.Aymatov, uch nafar fan nomzodlari A.Abdurazzoqov, S.YAzdanova, M.Muxtorovlar, besh nafar falsafa doktori (PhD) Z.Mo‘minova, Q.Aliqulov, M.Ergasheva, B.Raxmonov, SH.Tursunqulovalar, ikki nafar assistent L.Tursunov, S.Quvvatovlar kelib qo‘shilganlar. Ushbu professor-o‘qituvchilar Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi yo‘nalishiga turli fanlarni o‘qitib kelmoqdalar.
Professor S.K.Karimov 1998 yilda O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi “Falsafa va huquq” institutining ixtisoslashtirilgan ilmiy Kengashida “XIV-XV asrlarda Movarounnahr ijtimoiy-siyosiy fikrlar taraqqiyoti” mavzusida doktorlik dissertatsiyasini muvofaqqiyatli himoya qilib, falsafa fanlari doktorlik ilmiy darajasini oldi.
Professor S.K.Karimov tomonidan 8 ta monografiya, 13 o‘quv qo‘llanma, 14 ta o‘quv-uslubiy qo‘llanma va  150 dan ortiq ilmiy maqolalar chop ettirdi. CHet elning nufuzli jo‘rnallarida chop ettirgan.
Professor S.K.Karimov rahbarligida 2 ta falsafa doktori (PhD) himoya qildi. Hozirgi kunda yana 9 ta fan doktori, 5 ta falsafa doktori (PhD) himoya qilish arafasida. Professor S.K.Karimovning ilmiy salohiyati va ilmiy tajribasini hamda tashkilotchiligini hisobga olib, rahbariyat Samarqand davlat universiteti huzurida ilmiy darajalar beruvchi DSc. 03/30.12.2019. F.02.02 raqamli Ilmiy Kengash raisi etib tayinlandi.
Professor S.K.Karimovning asosiy maqsadi kafedrada ilmiy salohiyatini yaxshilash, o‘quv jarayonida kafedrada o‘qitiladigan 40 dan ortiq  fanning dars sifatini maksimal darajada oshirishdan iborat. Ana shu maqsadda kafedrada muhokama qilinayotgan dissertatsiya, monografiya o‘quv qo‘llanmalarning sifatiga alohida e’tibor berilmoqda. Bu o‘z samarasini berib, kafedrada sifatli dars va samarali ilmiy-tadqiqot ishlarining osonlashishiga olib keldi.
Hozirgi kunda kafedra Prezidentimiz SH.Mirziyoev asarlaridagi g‘oyaviy-mafkuraviy va ma’naviy-ma’rifiy, strategik masalalarni doimiy ravishda talabalar ongiga singdirib borish bilan ularning siyosiy ong va madaniyatini rivojlantirish bilan shug‘ullanib kelmoqda. Kafedra professor-o‘qituvchilarining Samarqand viloyati shahar va tumanlari miqyosida o‘tkaziladigan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarida faol ishtirok etib kelmoqdalar. 
Kafedra professor-o‘qituvchilarining Samarqand davlat universiteti “Talabalar turar joyi”da reja asosida tizimli ravishda ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazib borishmoqda. Keyingi yillarda kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan 5 ta monografiya, 10 ta o‘quv qo‘llanma va 2 ta o‘quv-uslubiy qo‘llanma, OAK ro‘yxatiga kiritilgan jurnallarda 60 dan ortiq, xorijiy jurnallarda 30 dan ortiq maqolalar tayyorlandi va nashr etildi. 

Kafedrada o’qitiladigan fan o’quv dasturlari

  

Kafedrada o’qitiladigan fan o’quv dasturlari

    BAKALAVR 
•    Falsafa
•    Dinshunoslik
•    Falsafaga kirish
•    Borliq va rivojlanish falsafasi
•    Falsafa tarixi
•    Mantiq tarixi va nazariyasi
•    Borliq va rivojlanish falsafasi
•    Falsafa tarixi
•    Mantiq tarixi va nazariyasi
•    Ma’naviyat falsafasi
•    Din falsafasi
•    Etnomadaniyat
•    Oila ma’naviyati
•    Ma’naviyatshunoslik
•    Ijtimoiy falsafa
•    Ma’naviyat asoslari
•    Qadriyatlar falsafasi Tanlov Fan
•    Mantiq tarixi va nazariyasi Tanlov Fan
•    Miliy g’oya tarixi va nazariyasi
•    Milliy g’oya va millatlararo munosabatlar
•    Geosiyosat asoslari
•    Miliy g’oya targ’iboti texnalogiyalari
•    M.G’ ma’n asos fanlarini o’qitish metodikasi
•    Jaxon siyosiy-mafkuraviy ta’limotlar tarixi
•    Siyosiy ma’daniyat nazariyasi
•    Ma’n-ma’rif ishlarni tashkil etish metodikasi
•    Mafkuraviy jarayonlarning tizimli taxlili
•    Fuqarolik jamiyati asoslari
•    
MAGISTRATURA 
•    Mutaxassislik fanlarini o’qitish metodikasi
•    Ma’naviyatning estetik asoslari
•    Tassavuf falsafasi
•    Globallashuv va ma’naviyat
•    Shaxs ma’naviyatini shakllantirish mezonlari va omillari
•    Ma’naviyatning ilmiy metodologiyasi
•    Sharq va G’arb ma’naviyati
•    Ma’naviyat va  din
•    Islom dini ma’naviyati
•    Sharq va G’arb ma’naviyati
•    I.A.Karimov asarlarida ma’naviyat masalalari
•    Axloqshunoslik va estetika tarixi
•    Etika va estetika nazariyasi
•    Amaliy etika va estetika
•    Vezual estetika va dizayn
•    Sog’lom raqobat va ahloqiy prinsiplar