Kafedra mudiri

Dushanova Gavxar Abdukarimovna

  •  Qabul vaqti: Har kuni 14:00 dan 16:00 gacha
  •  Telefon: +998915282525
  •  Elektron pochta: gavhar_1969@mail.ru

Biografiya

1986-1991  yillar Samarqand Davlar Universiteti talabasi;
1991-1993 Samarqand Qishloq Xo’jalik Instituti agrokimyo laboratoriyasi katta laboranti
1995-1997 yillar SamDu qoshidagi gimnaziya o’qituvchisi
1997-1999 yillar SamDU ekologiya fakulteti assistenti
2000-2003 yillar SamDU aspiranti
2004-2017 yillar SamDU odam va hayvonlar fiziologiyasi, biokimyosi va genetikasi kafedrasi assistenti
2017-2020 yillar SamDU genetika va biotexnologiya kafedrasi dotsenti, kafedra mudir

Genetika va biotexnologiya kafedrasining mudiri b.f.n., dotsent Dushanova Gavhar Abdukarimovnaning ilmiy ishlari Samarqand viloyati aholisida HLA- genlari va antigenlarining polimorfizmi va immun tizim I va II darajali ko’rsatkichlarini boshqarishdagi rolini aniqlashga bag’ishlangan. Shu jumladan insonlarda  immun tizim ko’rsatkichlarining va HLA-genlarining antioksidant tizim ko’rsatkichlarini boshqarishdagi roli o’rganilgan.
Dushanova Gavhar Abdukarimovna tomonidan 45 ta maqola va tezislar, Respublika, Xalqaro va SNG davlatlari jurnal va to’plamlarida chop etilib, immune tizim ko’rsatkichlari, ularni tashxis qilish, tabiiy immunitet va fagositoz    muammolariga bag’ishlangan. Uning rahbarligida 10 dan ziyod magistrlik dissertatsiyalari himoya qilingan. Genetika va biotexnologiya kafedrasida 12 nafar professor – o‘qituvchilar faoliyat olib borishmoqda, ulardan:

Fan doktori, professorlar – 2 ta;
Fan nomzodi, dotsentlar – 5 ta ;
Unvonsiz assistentlar – 5 ta.
Kafedraning ilmiy salohiyati 58,8% tashkil etadi.

Kafedra tomonidan 2016-2021 yillarga mo‘ljallangan «Zarafshon vohasi bioresurslari potensialini innovatsion tadqiq qilish» mavzusi belgilab berilgan. Ushbu mavzu bo‘yicha 2 ta yo‘nalish: Genetika va biotexnologiya ilmiy tadqiqotlar olib borilmoqda. Bunda kafedraning har bir professor – o‘qituvchisi umumiy mavzusini bajarilishi bo‘yicha o‘ziga tegishli bo‘limga oid ilmiy adabiyotlar tahlili asosida ma’lumotlarni to‘plash, ulardan ilmiy maqolalar yozishda foydalanish hamda yangi pedagogik texnologik va innovatsiya asosida o‘qitishning nazariy va amaliy asoslari bilan mashg‘ul bo‘ldilar. Davlat ilmiy texnika dasturi asosida 2017-yilda prof. Ismailov Z.F. va ass.Aliqulov B.S. tomonidan I-OT-2017-3-4 raqami asosida «Galofit o‘simliklar biomassasi va chorvalik organik chiqindilaridan bioyoqilg‘ilar olishning kompleks texnologiyasini ishlab chiqish» mavzusida ilmiy-tadqiqot ishlari amalga oshirilmoqda. Iqtisodiyotning tegishli sohalariga oid korxona va tashkilotlar bilan hamkorlikda «Vnedreniye v proizvodstvo intensivnoy linii pshenitsi i razrabotka texnologii yeye virashivaniya» mavzusida dots. Djabbarov I.Sh. tomonidan Samarqand viloyati Jomboy tumaniga qarashli «OZODNURMEVAHOSIL» fermer xo‘jaligi bilan hamkorlikda ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilgan. Genetika va biotexnologiya kafedrasida halqaro xamkorlik keng darajada rivojlanib bormoqda. Kafedra xodimlari prof.Ismailov Z.F. tomonlaridan AQSH, Yevropa davlatlari va Tinch okeani regionidagi davlatlari bilan genetika, molekulyar biotexnologiya jamiyatlari bilan aloqa o‘rnatgan. Oxirgi yillarda BIT – umumjahon biotexnologlar jamiyati bilan aloqa o‘rnatmoqda. Bundan tashqari kafedramiz tomonidan dunyoning yetuk universitetlari bilan biotexnologiya va molekulyar genetika va boshqa fanlarni o‘qitish uslublari va ped texnologiyalarini qo‘llanilish bo‘yicha uslubiy ko‘rsatmalarni SNG davlatlari ichida RF bilan ilmiy – tadqiqot markazlari va ilmiy tadqiqot institutlari bilan halqaro xamkorlik amalga oshirilmoqda. Shu jumladan, dotsent Djabborov I.SH. rahbarligida Rossiya FA Sibir bo‘limining sitologiya va genetika ilmiy tadqiqot instituti, Ukraina respublikasining seleksiya va genetika instituti, Rossiya qishloq xo‘jalik akademiyasining Sibir bo‘limi Oltoy qishloq xo‘jalik ilmiy tekshirish instituti, Qozog’iston Respublikasining milliy o‘simliklar biotexnologiyasi markazi va genetikasi ilmiy tadqiqot markazi hamda Tojikiston FAning o‘simliklar fiziologiyasi va genetikasi institutlari bilan ilmiy aloqalar mavjud. Genetika va biotexnoligiya kafedrasi ishlab chiqarish korxonalari va O’zFA Mikrobiologiya ITI bilan ilmiy tadqiqot ishlari bo’yicha ilmiy aloqalar o’rnatgan va hamkorlik shartnomasini imzolagan. Kafedraning yosh tadqiqotchilari ITI markazida va Butun Rossiya FA qoshidagi parrandachilik texnologiyalari IT markazida jumladan ass. Tillayeva Z.F. Chlorella vulgaris mikrosuvo’tlarini ozuqa rasioniga ta’siri yuzasidan ilmiy tadqiqot ishlari olib bormoqdalar. Kafedra assistenti Vahabova N.A. dorivor o’simliklarning biofaol moddalarini ajratib olish va biotexnologiyasi hususan mikroklonlash, kallus to’qimalar o’stirish bo’yicha ilmiy tadqiqot ishlarini Hindiston Dehli universiteti botanika fakulteti biotexnologiya laboratoriyasida olib bordi, shuningdek ta’lim tizimini rivojlantirish masalalariga doir 2019 yilda Yaponiya, germaniyada xotin-qizlarning ilm-fandagi o’rni bo’yicha tashkil qilingan ilmiy seminarlarda va 2020 yil yanvar oyidan may oyiga qadar AQSH lari Ogayo Universitetida malaka oshirdi. Ass. Ruziyev tomonidan yumshoq bug’doy genetikasi bo’yicha ilmiy-tadqiqot ishlari O’zFA Genetika va eksperimental biologiya ITI markazida va Genomika va bioinformatika markazi xodimlari bilan birgalikda olib bormoqda.

Kafedrada o‘qitiladigan fan o`quv dasturlari