Kafedra mudiri

 

Vakant

  •  Qabul vaqti: Har kuni 14:00 dan 16:00 gacha
  •  Telefon:
  •  Elektron pochta: 

Biografiya

 

Hozirgi Samarqand davlat universiteti Geografiya kafedrasi 1934 yilda Geologiya-geografiya fakulteti qoshida Umumiy tabiiy geografiya kafedrasi sifatida tashkil topgan. Geografiya kafedrasining tarixiga nazar soladigan bo‘lsak, kafedrani shakllanishi va rivojlanishida turli yillarda V.A.Lopato, K.F.Kondratyeva, Ya.A.Leven, N.I.Leonov, M.U.Umarov, Z.Sultonov, L.A.Alibekov, S.B.Abbosov, X.T.Nazarovlarning xizmatlari kattadir.

Bugungi kunda Geografiya kafedrasi professor-o‘qituvchilari «Janubi-G‘arbiy O‘zbekistonni geosistemalarini xaritalashtirish, ulardan foydalanish va ekologik baholash» mavzuida ilmiy tadqiqot ishlarini olib borishmoqdalar. Ilmiy tadqiqot ishlari Janubi-G‘arbiy O‘zbekiston tabiati, tabiiy resurslardan rasional foydalanish, atrof-muhitni muhofaza qilish, geoekologik muammolar, landshaftlarni inson hayoti uchun optimallashtirish, tabiatdagi bo‘lajak o‘zgarishlarni bashoratlash kabi masalalariga qaratilgan. Ilmiy tadqiqotlar doirasida professor L.A.Alibekov ilmiy rahbarligida F-8-07- «O‘zbekistonda cho‘llanish jarayoniga qarshi kurashning landshaft geografik asoslari» mavzusida fundamental davlat granti loyihasida ish olib borishmoqda.

So‘nggi yillar davomida kafedra xodimlari tomonidan 100 yaqin ilmiy va maqola va tezislar, 4 ta darslik, 10 ta o‘quv qo‘llanma va 8 ta monografiya nashr ettirildi. Ushbu ilmiy tadqiqot natijalaridan respublikamiz barcha oliy o‘quv yurtlarida foydalanib kelinmoqda.

Hozirgi kunda kafedrada 2 ta fan doktori, professor, 6 ta fan nomzodi, dosent, 5 ta katta o‘qituvchi va 5 nafar assistentlar faoliyat yuritishmoqda. Kafedra professor-o‘qituvchilari bakalavriyat talabalarga «Umumiy tabiiy geografiya», «O‘zbekiston tabiiy geografiyasi», «Iqtisodiy geografiya», «O‘rta Osiyo tabiiy geografiyasi», «Siyosiy geografiya», «Tabiatdan foydalanishning geografik asoslari» fanlaridan, magistrantlarga esa «Geotizimlar haqida ta’limot», «Inson va tabiat munosabatlarining geografik asoslari», «Geografiya tarixi va metodologiyasi» kabi mutaxassislik fanlaridan dars berib kelishmoqda.

Kafedrada 5A140602-Geografiya (O‘rganish obyekti bo‘yicha)  mutaxassisligi bo‘yicha magistratura mavjud bo‘lib, bugungi kunda 15 nafar magistrant tahsil olmoqda. Kafedra qoshida «Joy plani va mo‘ljal olish» nomli talabalar ilmiy to‘garagi faoliyat yuritib kelmoqda. To‘garakka geografiya bo‘limining 50 yaqin talabalari a’zo hisoblanib, ular o‘zlarining dolzarb mavzulari bilan ma’ruza qilib kelishmoqda.

Kafedra professor-o‘qituvchilari respublikamizda amalga oshirilayotgan ta’lim sohasidagi islohotlarni amalga oshirish jarayonida  ta’limning sifat va samaradorligini oshirishda, yetuk geograf kadrlar tayyorlashda ilm-fanni rivojlantirish hamda yosh avlodni Vatanga mehr-muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalashda faol xizmat qilib kelishmoqda.

Kafedrada o‘qitiladigan fan o`quv dasturlari

  • Topografiya asoslari va kartografiya, GAT
  • Umumiy tabiiy geografiya
  • Geofizika asoslari
  • Inson va tabiat
  • Geofizika va geokimyo asoslari
  • Toponimika
  • Geologiya  va geomorfologiya asoslari
  • Biogeografiya
  • Tuproqlar geografiyasi
  • O’zbekiston geografiyasi (tabiiy)
  • Meliorativ geografiya (tanlov)
  • Antropogen landshaftshunoslik (tanlov)
  • Geografiya tarixi va metodologiyasi (Tanlov)
  • Materiklar va okeanlar tabiiy geografiyasi
  • Geosferalar xaqida ta’limot  (tanlov)
  • Amaliy geografiya
  • O’rta Osiyo tabiiy geografiyasi
  • Tabiat va geografiya o’qitish metodikasi
  • Geografik tadqiqot usullari
  • Geografik bashorat (tanlov)
  • Geografiyada EHMdan foydalanish (tanlov)
  • Geografik o’lkashunoslik (tanlov)
  • Tabiatdan foydalanish strotegiyasi
  • Geotizimlar xaqida ta’limot
  • Tabiiy fanlarda GIS texnologiyalari
  • Amaliy landshaftshunoslik