Kafedra mudiri

Xaydarov Safarboy Abdirashitovich

  •  Qabul vaqti: Har kuni 14:00 dan 16:00 gacha
  •  Telefon: +99891 299 86 39
  •  Elektron pochta: s-xaydarov@samdu.uz

Biografiya

1979 - yil Samarqand viloyati  Bulung’ur tumanida tug’ilgan

1997 - yil Samarqand viloyati Bulung’ur tumanidagi № 31 umumiy o’rta ta’lim maktabini bitirgan.

1998-2002 - yillar Samarqand Davlat universiteti Geografiya fakulteti talabasi

2002-2004 - yillar Samarqand Davlat universiteti Geografiya fakulteti “Tabiiy geografiya” kafedrasi magistranti

2004-2007 - yillar Samarqand Davlat universiteti Geografiya fakulteti doktorant tadqiqotchi-izlanuvchisi

2008-2010 - yillar Samarqand iqtisodiyot va servis instituti assistent o’qituvchisi

2010-2019 - yillar Samarqand iqtisodiyot va servis instituti katta o’qituvchisi

2015-2018 - yillar yillar Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekston Milliy universiteti tadqiqotchi-izlanuvchisi.

2019-2020 - yillar Samarqand Davlat universiteti Gidrometeorologiya kafedrasi (PhD) katta o’qituvchisi

2020 h/v. Samarqand Davlat universiteti Gidrometeorologiya kafedrasi dosent v.b.

2020 h/v. Samarqand Davlat universiteti Gidrometeorologiya kafedrasi mudiri

2005-yilda universitet rahbariyati va Geografiya bo‘limi dekanatining sa’i-harakatlari natijasida gidrometeorologiya yo‘nalishi bo‘yicha bakalavriatura ochildi. Ushbu yo‘nalishning ochilishi hamda mutaxassislik fanlarni o‘qitishning sifatini yaxshilash maqsadida 2007 yilda SamDU ilmiy kengashi Geografiya bo‘limi qoshida yangi kafedra ochish lozim degan qarorga keldi va 2007-yil avgustda kafedrani ochish haqida qaror qabul qilindi. Kafedra ochilgandan to 2011-yilgacha unga professor S.B.Abbosov mudirlik qildi. 2011-yilning fevralidan to yilning oxirigacha kafedraga prof. A.A.Abdulqosimov mudirlik qilgan bo‘lsa, 2011-2016-yillarda kafedrani Q.S.Yarashev boshqardi. 2016-yil 16-noyabrdan 2020-yil iyun oyiga qadar professor Sh.T.Хoliqulov mudirilik vazifasini bajargan. Bugungi kunda dos S.A.Xaydarov mudirlik vazifasini bajarib kelmoqda.

Gidrometeorologiya yo‘nalishi bakalavriaturasiga dastlab 8 kishi qabul qilingan bo‘lsa, keyinchalik bu ko‘rsatkich 25 tagacha ko‘paydi va shunga mos ravishda kafedraning o‘quv soatlari hajmi ham oshib bordi. 2009-yildan boshlab kafedra qoshida Quruqlik gidrologiyasi mutaxassisligi bo‘yicha magistratura faoliyat yuritmoqda.

2017-yildan boshlab 11.00.03-Quruqlik gidrologiyasi. Suv resurslari. Gidrokimyo ixtisosligi bo‘yicha kafedrada doktarantura faoliyat ko‘rsatmoqda va hozirda kafedra doktaranturasida 3 nafar tayanch doktorant ilmiy izlanish olib bormoqda. Bundan tashqari kafedrada yana 1 nafar stajer-tadqiqotchi faoliyat olib bormoqda.

Kafedra tashkil etilgandan boshlab shu kungacha bo‘lgan qisqa davr mobaynida kafedrada 230 dan ortiq kishi bakalavr darajasiga va 40 dan ortiq kishi magistr darajasi ega bo‘lib, ular vatanimizning turli sohalarida faoliyat yuritmoqda.

Kafedrada yangi Davlat ta’lim standartlari asosida 5140700-gidrometeorologiya, 5140800-Geologiya (faoliyat sohasi bo‘yicha) yo‘nalishlarida bakalavrlar, 5A141101 – gidrologiya (o‘rganish ob’ektlari bo‘yicha) magistrlar tayyorlanmoqda.

Mustaqillik g‘oyasini to‘g‘ri anglagan Gidrometeorologiya kafedrasining ahil jamoasi shu kunga qadar talabalarga zamon talablari darajasida bilim berish, ularni har tomonlama bilimdon, komil inson, yetuk mutaxassis qilib tarbiyalash borasida ulkan ishlarni amalga oshirmoqdalar.