Ijtimoiy - iqtisodiy geografiya kafedrasi
Ijtimoiy - iqtisodiy geografiya kafedrasi mudiri
Usmanov Ma`rufjon Rustamovich
- Qabul vaqti: Har kuni 8:00 dan 16:00 gacha
- Telefon: +998932350877
- Elektron pochta: m-usmonov@samdu.uz
Biografiya
1974 - yil Samarqand viloyati Bulung`ur tumanida tug‘ilgan.
1992- yil Samarqand viloyati Bulung`ur tumanidagi №31 umumiy o‘rta ta’lim maktabini bitirgan.
1993-1997 - yillar Samarqand Davlat universiteti Geografiya fakulteti talabasi
1997-2003 - yillar Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekston Milliy universiteti sirtqi aspirant izlanuvchisi.
1997-2003 - yillar Samarqand Davlat universiteti Iqtisodiy geografiya kafedrasi assistenti
2003-2005 - yillar Samarqand Davlat universiteti Iqtisodiy geografiya kafedrasi dotsenti
2005-2009 - yillar Samarqand Davlat universiteti Tabiiy fanlar fakul`teti dekan o`rinbosari, Geografiya bo`limi boshligi
2009-2015 - yillar Samarqand Davlat universiteti Iqtisodiy geografiya kafedrasi mudiri
2016-2018 - yillar Samarqand Davlat universiteti Geografiya kafedrasi dotsenti
2019-2020 - yillar Samarqand Davlat universiteti Ijtimoiy-iqtisodiy geografiya kafedrasi dotsenti
2020- yildan Samarqand Davlat universiteti Ijtimoiy-iqtisodiy geografiya kafedrasi mudiri
Geografiya fakultetida Ijtimoiy-iqtisodiy geografiya kafedrasida 1961-yilda ochilgan. 1961-1963-yillar mobaynida kafedrani S.Burenko boshqargan. 1963-yildan kafedra mudiri F.B.Baxriyev bo’lgan. Bu vaqtda yoshlardan M.X.Xalimov, M.U.Umarovlar Moskva Davlat universitetiga aspiranturada o’qish uchun yuborilgan. Ular aspiranturani muvaffaqiyatli tugatib, fan nomzodi ilmiy darajasini olib qaytgan. 1965-1975-yillar davomida kafedrani M.X.Xalimov boshqargan. Shu yillar davomida S.Abdullayev va G.Ashurovlar Toshkent Davlat Universitetida prof. Z.M.Akramov rahbarligida, M.K.Xalimova Samarqand Davlat Universiteti professori A.S.Yefimov rahbarligida nomzodlik dissertasiyasini yoqlagan. 1975-1981 yillar mobaynida kafedra mudiri G.Ashurov bo’lgan. 1981-1999-yillar davomida ijtimoiy-iqtisodiy geografiya kafedrasi mudiri vazifasini T.J.Jumaboyev bajargan. Bu vaqtda N.X.Mamatqulov Moskva Davlat Universitetida, M.A.Kadirov va X.T.Xalilova Toshkent Davlat Universitetida nomzodlik dissertasiyalarini yoqlab keldi. 2000-2009 yillar mobaynida kafedrani N.X.Mamatqulov boshqargan. 2003-yilda Toshkent Davlat Universitetida professor A.S.Soliyev rahbarligida M.R.Usmonov, 2006 yilda O.Muxamedov nomzodlik dissertatsiyalarini yoqlagan.
2009-2015-yillarda kafedra mudiri vazifasini M.R.Usmonov boshqargan. 2015-yilda tabiiy geografiya va ijtimoiy-iqtisodiy geografiya kafedralari qo’shildi. 2018-yil avgust oyida Ijtimoiy-iqtisodiy geografiya kafedrasi yana tashkil etildi. 2018-2019-yilda kafedrani g.f.n. dosent M.A.Kadirov boshqardi. 2020 yildan bugungi kungacha M.Usmonov boshqarib kelmoqda.
2018-yilda Evroparlamentning “ERASMUS MUNDUS SILK ROATE” granti asosida L.Ibragimov dunyoning top 500 talikka kiradigan Alexandru Ioan Cuza universitetida PhD dissertatsiyasini himoya qildi. Aynan shu dastur asosida M.Usmonov 6 oy davomida shu universitetda ilmiy stajitovkada bo`ldi.
Kafedrada professor A.A.Abdulqosimov, dotsent M.A.Kadirov, dotsent T.J.Jumoboyev, dotsent M.R.Usmonov, dotsent A.X.Ravshanov, dotsent L.Z.Ibragimov, dotsent O.L.Muhamedov katta o’qituvchi O.X.Quvondiqov, ass O’.B.Badalovlar ishlamoqdalar.
Hozirgi vaqtda dotsent M.A.Kadirov, dotsent M.R.Usmonov dotsent A.X.Ravshanov, dotsent L.Z.Ibragimovlar doktorlik dissertasiyasi ustida ish olib bormoqda.
Kafedra professori A.A.Abdulqosimov dotsent M.A.Kadirov, dotsent A.X.Ravshanov, dotsent L.Z.Ibragimov, dotsent M.Usmonovlar tomonidan darsliklar, o`quv qo`llanma, o’quv-uslubiy qo’llanmalar, monografiyalar chop etilgan.
Ijtimoiy-iqtisodiy geografiya kafedrasi professor-o'qituvchilar tarkibi, shtat birligida
№ |
O’qituvchi F.I.Sh |
Lavozimi |
Shtat birligi |
Izoh |
Asosiy shtatda |
||||
1 |
Usmonov M.R. |
Kafedra mudiri, dotsent |
1 |
|
2 |
Abulqosimov A.A. |
Professor |
1 |
|
3 |
Jumaboyev T.J. |
Dotsent |
0,75 |
|
4 |
Kadirov M.A. |
Dotsent |
1 |
|
5 |
Ibragimov L.Z. |
Dotsent |
1 |
|
6 |
Muhamedov O.L |
Dotsent |
1 |
|
7 |
Badalov O’.B. |
Assistent |
1 |
|
8 |
Berdiqulov F B. |
Kabinet mudiri |
1 |
|
O'rindoshlik asosida |
||||
1 |
Ravshanov A.X. |
Dotsent |
0,25 |
|
2 |
Quvondiqov O.X. |
Katta o’qituvchi |
0,25 |
|