Mumtoz adabiyot tarixi kafedrasi
Mumtoz adabiyot tarixi kafedrasi mudiri
Suloymonov Isroiljon Isomiddinovich
- Qabul vaqti: Har kuni 8:00 dan 16:00 gacha
- Telefon: +99897-576-81-03
- Elektron pochta: isroil-8103@mail.ru
Biografiya
1999-2003-yillar – Samarqand davlat universiteti talabasi;
2003-2005-yillar – Samarqand davlat universiteti magistranti;
2005-2008-yillar – Samarqand davlat universiteti aspiranti;
2010-yil – «Mulla Mahmud Qoriy va uning poetik merosi» mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qildi;
2008-2015-yillar – Samarqand davlat universitetining O’zbek adabiyoti tarixi kafedrasi o’qituvchisi;
2015-2017-yillar – Samarqand davlat universiteti katta ilmiy xodim-izlanuvchisi;
2018-2020-yillar – Samarqand davlat universiteti mumtoz adabiyot tarixi kafedrasi dotsenti;
2020-yil – “Boburnoma”da g’olib va mag’lub shaxs ruhiy holatining badiiy tasviri” mavzusida doktorlik (DSc) dissertatsiyasini himoya qilgan;
2020-yildan – Samarqand davlat universiteti mumtoz adabiyot tarixi kafedrasi mudiri lavozimida ishlamoqda.
Mumtoz adabiyoti tarixi kafedrasi 1927 yilda birinchi o‘zbek professori Abdurauf Fitrat rahbarligida tashkil etilgan.
Kafedrada ikki nafar fan doktori va besh nafar fan nomzodi, ikki nafar assistent o‘qituvchi ilmiy-pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanadi.
Kafedrada o‘zbek mumtoz adabiyoti tarixining muhim nazariy va amaliy masalalari, ta’lim metodikasiga oid tadqiqotlar olib boriladi. Xususan, mumtoz adabiy matnlarning poetik xususiyatlari, turkiy va fors-tojik xalqlari o‘rtasidagi adabiy aloqalar, Alisher Navoiy adabiy merosining jahon madaniyati tarixidagi o‘rni kabi yo‘nalishlarda fundamental tadqiqotlar olib boriladi.
Kafedra qoshida 5A220101 - «Adabiyotshunoslik» mutaxassisligi bo‘yicha magistratura hamda 10.00.02. – O‘zbek adabiyoti ixtisosligi bo‘yicha va doktorantura mavjud.
Kafedrada bajarilgan ilmiy-tadqiqot ishlarining natijalari Turkiya, Rossiya, Eron Islom Respublikasi, AQSh kabi xorijiy davlatlarning nufuzli nashrlarida e’lon qilingan.
Kafedrada o‘qitiladigan fan o`quv dasturlari
Bakalavriat ta’lim yo'nalishi o’quv rejasi
- O’zbek folklori
- O’zbek adabiyoti tarixi
- Navoiyshunoslik
- Matnshunoslik
- Turkiy adabiyotning qadimgi davri
- O’zbek mifologiyasi
- Aruz vazni qoidalari
- Qo’qon adabiy muhiti
- Boburiylar davri adabiyoti
- Xamsachilik an’analari
Magistratura mutaxassisligi o’quv rejasi
- Adabiyotshunoslik (o’zbek adabiyotshunosligi)
- Mumtoz tarixiy poetika
- Adabiyotshunoslik tarixi
- Xamsanavislik an’anasi va Navoiy “Xamsa”si