Kafedra mudiri

Kuziyev Mirzoxid

  •  Qabul vaqti: Har kuni 14:00 dan 16:00 gacha
  •  Telefon: +99894 287-43-26
  •  Elektron pochta: q-mirzohid@samdu.uz

Biografiya

1982-yil Samarqand viloyati Samarqand tumanida tug'ilgan;
1999-2003 yillar Samarqand Davlat universiteti biologiya fakulteti talabasi
2003-2005 yillar Samarkand Davlat universiteti odam va hayvonlar fiziologiyasi kafedrasi magistri 
2005 -2014 yillar Samarqand Davlat tibbiyot instituti normal va patologik fiziologiya kafedrasi assistenti 
2015-2017 yillar Samarqand Davlat universiteti Tabiiy fanlar fakulteti fiziologiya, genetika va biokimyo kafedrasi tayanch doktoranti.
2017-2018 yillar Samarqand Davlat universiteti Biologiya fakulteti fiziologiya, genetika va biokimyo kafedrasi assistenti.
2018 yildan. Samarqand Davlat universiteti Biologiya fakulteti Odam va hayvonlar  fiziologiyasi va biokimyo kafedrasi mudiri.

Kafedraning rivojlanish tarixi

Kafedra universitetning Biologiya fakulteti qoshida 1934-yildan boshlab «Odam va   hayvonlar fiziologiya» kafedrasi nomi bilan faoliyat ko’rsata boshlagan, kafedra tashkil qilingan paytda kafedra mudiri lavozimida V.V. Popov ishlagan. 1944-yilda mazkur kafedra bilan «Biokimyo» kafedrasi qo’shilishi natijasida va u yangi nom - «Odam   hamda   hayvonlar fiziologiyasi va biokimyosi» bilan nomlangan va kafedrani prof. P.M. Faktorovich boshqargan. So’ngra, 1970 yilgacha mazkur kafedrani taniqli fiziolog olim, professor Bahrom Yusupovich Hamraqulov boshqargan. Bu davrda kafedrada «Oziqlanish fiziologiyasi», «Elektrofiziologiya», «Gematologiya» hamda «Mikroelementlar biokimyosi» bo’yicha ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilgan, ushbu ilmiy yo`nalishlar bo`yicha kafedrada Chianurov D.A., Mamayeva T.N., Ataullaxanov I.A., Abdullayeva D.A., Qodirova S.Z., Isaqov X.I., Baqoyev F.B., A.Sh. Tog’aynazarov, M.G. Safin kabi taniqli professor o`qituvchilar o`zlarining ilmiy faoliyatlarini olib borgan va shu bilan birgalikda tegishli mavzular bo`yicha dissertatsiyalarini himoya qilgan.
Kafedraning ilmiy tadqiqot ishlariga prof. L.N.Lapin rahnomolik qilgan davrda kafedraning taniqli olimi, professor I.A. Ataullaxanov doktorlik dissertasiyasini yoqlagan.
Kafedraning samarali faoliyati davomida 1970-1972 yillarda kafedrani universitetning rektori lavozimida ishlagan, taniqli akademik Yo.X. To’raqulov boshqargan. 1972-1993 yillarda kafedra mudiri lavozimida prof. M.A. Rish davom ettirgan va «O’zbekistonning biokimyoviy mintaqalarida chorvachilikni rivojlantirishda mikroelementlardan foydalanish» mavzusidagi ilmiy tadqiqot ishlariga rahbarlik  qilib, «Mikroelementlar biokimyosi» muammoviy laboratoriyasini tashkillashtirgan. Taniqli olimning rahbarligida 6 nafar fan doktori va 60 nafarga yaqin fan nomzodlari tayyorlanib, biokimyogarlar maktabi yaratilgan.
1993-1998 yillarda kafedrani prof. Nuritdinov E.N. boshqargan.  Bu davrda «Oliy nerv faoliyatining neyropeptidli boshqaruvi mexanizmi» mavzusida ilmiy tadqiqot ishlari olib borgan. 1998 yilning sentyabrdan to 1999 yilning mart oyigacha kafedra mudirligi lavozimini dost. Boqayev F.B. bajargan.
1998 yilda kafedraga sobiq Samarqand Davlat pedagogikа instituti «Odam anatomiyasi va fiziologiyasi» kafedrasining  qo’shilishi munosabati bilan kafedraning ilmiy-pedagogik salohiyati yanada oshgan. 1999 yilning mart oyidan 2005 yilning mart oyigacha kafedrani prof. M.O’. O’ralov boshqaragan.  Bu davr mobaynida kafedrada «Hayvonlar biologiyasining evolyutsion, eko-fiziologik va biokimyoviy asoslari» mavzusida ilmiy izlanishlar olib borilib, kafedra a’zolaridan A.I. Rajabov (ilmiy rahbari prof. M.A. Rish), B.M.Bozorov (ilmiy rahbari prof. E.N. Nuritdinov), G.A. Dushanova (ilmiy rahbari prof. N.M. Xayitova)lar nomzodlik dissertasiyalarini muvoffaqiyatli  himoya qilgan va kafedraning ilmiy salohiyati yanada oshdi.
2005 yilda kafedraga «Genetika va biotexnologiya kafedrasi» birlashtirildi va uning nomi «Fiziologiya, genetika va biokimyo» kafedrasi bilan atalagan. 2005 yil 29-martdan boshlab, 2011 yil iyungacha kafedraga dotsent M.G. Safin mudirlik qilgan. U kishi kafedrani boshqargan paytda prof. Urolov M.U. bilan birgalikda №31.04 xalqaro grant loyihasi bo’yicha ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilgan hamda shu bo’yicha 14 tadan ortiq ilmiy maqolalar xorijiy davlatlarning nufuzli jurnallarida chop etilgan. (loyiha rahbari prof. Nizomov). 2009 yilda kafedra aspiranti Ioselevich M.A. nomzodlik dissertasiyasini muvafaqiyatli himoya qilgan (rahbar: prof. Z.T. Rajamurodov). Shu yillardan davomida kafedrada 3 ta mutaxassislik (5A420105-Odam va hayvonlar fiziologiyasi, 5A420109-Biokimyo, 5A420110-Biotexnologiya) bo`yicha magistratura mavjud bo’lgan. 
2011 yil iyundan boshlab, 2012-yil yanvargacha kafedraga yetakchi olim prof. Z.T. Rajamurodov rahbarlik qildi. prof. Zaynitdin Turapovich rahbarligida iqtidorli bakalavr bosqichi talabalari, magistrlar, mustaqil izlanuvchilar, aspirantlar «Kovshovchi hayvonlarda hazm jarayonlari fiziologiyasi» mavzusida ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilgan. Kafedrada prof. Zaynitdin Turapovich rahbarligida 2 nafar mustaqil tadqiqotchi-stajyor va magistrlar ilmiy izlanishlar olib borgan.
2012 yil yanvar oyidan mart oyigacha kafedrani biologiya fanlari doktori Z.F. Ismayilov boshqargan. 2012 yil apreldan 2013 yil yanvar oyiga qadar, dotsent B.M. Bozorov mudirlik qilgan. Ushbu yillarda kafedrada ishlab kelayotgan ilmiy tadqiqotchi   ass. Ismayilova M. A. 2012 yil iyun oyida nomzodlik dissertasiyasini muvaffaqiyatli himoya qildi va fan nomzodi ilmiy darajasiga ega bo’ldi (ilmiy rahbari akademik Soatov T.S.). 
2018-Yildan keying tarixi
2018 yilda kafedraning tayanch doktaranti Kuziyev Mirzoxid Sadulloyevich (ilmiy rahbari prof. Z.T. Rajamuradov), 2019 yilda kafedraning mustaqil tadqiqotchilari Ruziyev Yunus Samandarovich va  Hayitov Davron G`aybulloyevich (ilmiy rahbari prof. Z.T. Rajamuradov) lar biologiya fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasini muvafaqiyatli himoya qildilar.
2018-yil sentyabrdan boshlab «Fiziologiya, genetika va biokimyo» kafedrasi ikkita alohida kafedraga ajratilishi munosabati bilan yana “Odam va hayvonlar fiziologiyasi ва биокимё” kafedrasi tashkil etildi. Ushbu kafedraga dots. M.S. Kuziyev rahbarlik qilib kelmoqda.
Jismoniy madaniyat fakulteti tarkibidagi “Sport fizilogiyasi va tibbiy bilim asosolari” (SamDU ilmiy kengashining qaroriga ko`ra) kafedrasining tarqatilishi munosabati bilan bugungi kunda kafedrada jami bo'lib kafedrada 21 nafar professor-o'qituvchilar faoliyat ko`rsatmoqda, shundan 11 nafar ilmiy darajali (52%), 10 nafari ilmiy darajasiz (48). Ilmiy darajaga ega bo`lgan professor-o'qituvchilarning 2 nafari biologiya fanlari doktori va professor, 2 nafari biologiya fanlari nomzidi, professor, 6 nafari dotsent, 1 nafari PhD, assistent, qolgan o'qituvchilar ilmiy darajasiz o`qituvchilar hisoblanadi.   
Ilmiy-tadqiqot ishlari.
Kafedrada faoliyat ko`rsatayotgan professor-o`qituvchilar “Zarafshon vohasi bioresurslaridan samarali foydalanish” mavzusida istiqbolli rejadagi ilmiy tadqiqot ishlarini olib borishmoqda. Jumladan “Mayda shoxli kavshovchi hayvonlarning fiziologik, biokimyoviy va mahsuldorlik ko`rsatgichlariga dag`al ozuqalarning ta’siri” bo`yicha prof. Z.T. Rajamuradov, dots. B.M. Bozorov, dots. M.S. Kuziev.  dots. D.G’. Hayitov, ass. S. Haydarov va iqtidorli bakalavrlar, magistrlar ilmiy tadqiqot ishlarini olib bormoqdalar. Shuningdek prof. M.G.Safin, prof. A.I. Rajabov, dots. Yu.S. Ro’ziyev, dots. M.A. Ismoilova, ass. M.Istamqulova, ass. N.B. Raxmatovalar, iqtidorli talabalar va magistrlar “Qorako’l qo’ylarining ikterogemoglobinuriya kasalligini etiologik-biokimyoviy jihatlarini o’rganish, Organizmda mikroelementlarning ahamiyati” kabi muammolar bo`yicha ilmiy tadqiqot ishlarini olib bormoqda. 
Kafedraning o’quv-uslubiy ishlar bo’yicha faoliyati.
Kafedraning o`quv-uslubiy sohadagi yutuqlariga 2010 yilda prof. Z.T. Rajamurodovning «Odam va hayvonlar fiziologiyasi» darsligi nashrdan chiqdi va yilning eng yaxshi darsligi ko’rik tanlovida faxrli 3-o’rinni egalladi. 2013 yilda Rajamurodov Z.T., Bozorov B.M., Rajabov A.I. larning «Yosh fiziologiyasi va gigiyenasi» darsligi oliy ta’lim vazirligi tomonidan nashr etildi, shu bilan birgalikda so`ngi yillarda ham kafedraning professor-o'qituvchilari tomonidan muntazam ravishda darslik va o`quv qo`llanmalar chop qilinib kelinmoqda, bularga quyidagilarni keltirish mumkin A.I. Rajabov, I.Sh. Jabbarov “Ta’limoti evolyutsioni” darslik. 2018 yil, A.I. Rajabov, E. Nuritdinov bilan hammualliflikda “Fiziologiya, sport fiziologiyasi” darslik (2-qismli), 2019 yil. A.I. Rajabov “Ionlantiruvchi nurlar biologiyasi” darslik, 2020 yil,  prof. M.G. Safin “Биохимия с основами молекулярной биологии” darslik, dots. Yu.S. Ruziyev “Biometriya” o`quv qo`llanma, 2019 yil. prof. M.G. Safin, D.G`.Hayitov, Yu.S. Ruziyev “Biokimyo va molekulyar biologiya fanidan laboratoriya mashg`ulotlari” o`quv qo`llanma, 2020 yil. dots. M.S. Kuzyev “Odam va hayvonlar fiziologiyasida laboratoriya mashg`ulotlari” nomli o`quv qo`llanmalar chop qilib kelinmoqda.
Kafedraning istiqboldagi rejalari
Kelajakda kafedrada iqtidorli bakalavrlarni, magistrantlarni tanlab olib, tegishli ixtisosliklar bo`yicha tayanch doktorantura, doktoranturani (DSc) davom ettirish orqali kafedraning ilmiy salohiyatini borgan sari oshirib borish, Tegishli sohalar bo`yicha halqaro va respublika miqyosida o`tkaziladigan ilmiy loyhalar hamda innovasion loyihalar tanlovida ishtirok etish va yutib chiqisgh, xo’jalik shartnomalari asosida ilmiy-tadqiqot ishlari olib borish rejalashtirilmoqda.

Kafedrada o‘qitiladigan fan o`quv dasturlari