Optika kafedrasi mudiri

Sharifov G’ayrat Nabiyevich

  • Qabul vaqti: Har kuni 8:00 dan 16:00 gacha
  •  Telefon: +998912976212
  •  Elektron pochta: ngayrat@rambler.ru

Biografiya

1996-2000 yillar  - Samarqand davlat universiteti talabasi;
2000-2002 yillar -  Samarqand davlat universiteti magistranti;
2002-2003 yillar - Samarqand shahar maishiy xizmat kasb-hunar kolleji fizika fani o’qituvchisi;
2004-2006 yillar - Samarqand Davlat arxitektura qurilish instituti qoshidagi akademik litseyi fizika fani o’qituvchisi;
2007-2008 yillar - Samarqand oily harbiy abtomobil qo’mondonlik muhandislik bilim yurti fizika fani o’qituvchisi;
2009-2011 yilar - Samarqand davlat universiteti optika va spektroskopiya kafedrasi aspiranti;
2012-2015 yillar - Samarqand davlat universiteti optika va spektroskopiya kafedrasi kabinet mudiri;
2015-2020 yillar - Samarqand davlat universiteti optika kafedrasi assistenti;

2021 yildan Samarqand davlat universiteti optika kafedrasi mudiri.

 

Optika kafedrasi 1935 yilda tashkil etilgan bo‘lib, bugungi kunga qadar Respublikada ilm-fan rivojiga katta hissa qo‘shish bilan birgalikda, ko‘plab yuqori malakali mutaxassislar tayyorlab kelmoqda. Bu kafedraning tashkil etilishida prof. A.M.Titov, prof. M.F.Vuks, prof. M.V.Chulonovskiy, prof. M.M.Mo‘minov, prof. A.N.Tekuchov, prof. S.U.Umarov, prof. M.S.Saidov va akademik A.K.Otaxo‘jayevlarning xizmatlari kattadir.

Akademik A.Q.Otaxo‘jayev tomonidan yaratilgan Samarqand “Optiklar maktabi” ni nufuzi nafaqat O‘zbekistonda balki chet mamlakatlarda ham tan olingan. Bugungi kunda bu ilmiy maktabning faoliyatini akad. A.Q.Otaxo‘jayevning shogirdlari muvaffaqiyat bilan davom ettirib kelmoqda va olingan ilmiy tadqiqot ishlari natijalari «Raman spectroscopy», «Molecular Structura», «Molecular Liquids», «Оптика ва спектроскопия» kabi xalqaro va Respublika miqiyosidagi ilmiy jurnallarda chop etilmoqda. Shuningdek, ilmiy-tadqiqot ishlarini umumlashtirgan holda, 1981 yilda «Спектральное распределение интенсивности в крыле линии рассеяния жидкостей и растворов», 2009 yilda «Динамика молекул в жидкостях», 2014 yilda «Структура молекулярных агрегатов в жидкостях и их проявления в спектрах комбинационного рассеяния» nomli monografiyalar «FAN» nashriyotida chop etilgan, bundan tashqari kafedra xodimlari tomonidan Tojikiston Milliy universitety olimlari bilan hamkorlikda 2019 yilda tojik tilida “Optika” darsligi chop etilgan bo‘lsa, 2021 yilda esa “Mexanika” darsligi chop etildi. Shunungdek, 2021 yilda 1 ta o’quv qo‘llanma va 4 ta uslubiy qo‘llanma chop etilgan.

1996, 2001, 2006, 2013 yillarda Samarqand «Optiklar maktabi» bazasida «Molekulyar spektroskopiyaning dolzarb muammorlari» ga bag‘ishlangan Xalqaro konferensiyalar o‘tkazildi. Ushbu konferensiyalarda AQSh, Germaniya, Polsha, Rossiya, Ukarina va boshqa davlatlarda sohasining yetuk olimlari ishtirok etishdi.

Kafedraga hozirgi kunda fizika-matematika fanlari bo‘yicha falsafa doktori G‘.Sharifov rahbarlik qilib kelmoqda. Bugungi kunda kafedrada ilmiy, o‘quv uslubiy va ta’lim tarbiyaviy ishlarni tashkil etishda: professorlar – N.Nizomov, A.Jumabayev, H.A.Xushvaqtov, E.Kurtaliyev, dotsentlar - U.B.Jurayev, M.Hamraqulov, M.Kuliyeva, G‘.Murodov, A.Shodiyev,  Z.U.Mamatov, A.A.Absanov, Sh.Raximovlar faoliyat yuritmoqdalar. Kafedraning bir qator texnik–xodimlari ham o‘quv jarayonini tashkil etishda xizmat qilib kelmoqda.

2021 yilda kafedraning 2 nafar xodimi: Xushvaqtov H.A. fizika-matematika fanlari doktori (DSc) va Sharifov G’. fizika-matematika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertasiyalarini muvaffaqiyatli himoya qilishdi.

Kafedraning 1 nafar xodimi doktoranturada, 6 nafar tayanch doktoranturada va 1 nafar yosh xodimi stajyor-tadqiqotchilikda tahsil olmoqda.

Kafedraning xalqaro hamkorligi yaxshi yo‘lga qo‘yilgan. Sankt-Peterburg davlat universitetidan prof. K.G.Toxadze va Kiev Milliy universitetidan prof. I.Doroshenkolar talabalar va magistrlarga ma'ruzalar o‘qishmoqda. Bundan tashqari, doktoranturaga talabgorlar ilmiy tadqiqotlarini Sankt-Peterburg davlat universitetida ham olib boradilar.

 

Kafedrada o‘qitiladigan fan oquv dasturlari

Bakalavriat ta’lim yo'nalishi oquv rejasi

  • Mexanika
  • Molekulyar fizika
  • Optika
  • Amaliy optika
  • Mexanika va molekulyar fizika
  • Tanlov fan (molekulalarning tuzilishi va fizik xossalari 2 kurs)

Magistratura mutaxassisligi oquv rejasi

  • Spektroskopiya asoslari
  • Molekulalarning elektron spektrlari
  • Molekulyar spektroskopiyaning dolzarb muammolari
  • Molekulalarning tebranish spektrlari
  • Suyuqliklar va real gazlar fizikasi
  • Elektromagnit nurlanishlarning muhitlar bilan o’zaro ta’sirlashuvi
  • Molekulyar optika