San'atshunoslik
Kafedra mudiri
Mullajonova Nigina Jamolovna
- Qabul vaqti: Har kuni 15:00 dan 17:00 gacha
- Telefon: +99890 197-11-79
- Elektron pochta: malika-bonu78@mail.ru
Biografiya
1994-1996 yy. - Samarqand shahar «Baraka-veteran» jamoasi rassomi
1996-1997 yy. - Samarqand shahar 12-maktab o’qituvchisi
1997-2000 yy. - Samarqand shahar «Fayz» xususiy korxonasi dizayneri
2000-2002 yy. - Samarqand davlat arxitektura va qurilish instituti aspiranti
2002-2008 yy. - Samarqand davlat arxitektura va qurilish instituti «Tasviriy san’at» kafedrasi o’qituvchisi
2008-2011 yy. - Samarqand davlat arxitektura va qurilish instituti “Dizayn” kafedrasi o’qituvchisi
2011-2015 yy.- Samarqand davlat universitetining «Badiiy grafika va uni o’qitish metodikasi» o’qituvchisi
2015-2018 yy - Samarqand davlat universitetining Kasbiy ta’lim fakulteti «Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi» kafedrasi o’qituvchisi
2018-2019 yy - Samarqand davlat universitetining Maktabgacha ta’lim fakulteti «Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi» kafedrasi katta o’qituvchisi
2019-2019 yy - Samarqand davlat universitetining Pedagogika fakulteti o’quv ishlari bo’yicha dekan o’rinbosari
2019-2021 yy. - Samarqand davlat universitetining San’atshunoslik fakulteti “Muhandislik grafikasi” kafedrasi mudiri, dotsent
2021 y.-x.v. - Samarqand davlat universitetining Sport faoliyati va san’at fakulteti “San’atshunoslik” kafedrasi mudiri, dotsent
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 30-iyundagi 408-sonli “Samarqand davlat universitetining O‘zbekiston-Finlyandiya pedagogika instituti faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari” to‘g‘risidagi qarori hamda universitet Kengashining 2021-yil 7-iyuldagi 4-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida - “Sport faoliyati va san’at” fakulteti tashkil etilib, uning tarkibida, “Sport faoliyati”, “San’atshunoslik”, “Fakultetlararo jismoniy tarbiya” kafedralari tashkil etilib, faoliyati yo‘lga qo‘yildi.
Samarqand davlat universiteti Kengashining 2021-yil 7-iyuldagi 4-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida “Muhandislik grafikasi”, “Tasviriy san’at” hamda “Musiqa ta’limi” kafedralari “San’atshunoslik” kafedrasi tarkibida shakillantirildi. San’atshunoslik kafedrasi universitet rektorining buyrug‘i bilan “Sport faoliyati va san’at” fakulteti tarkibida, 2021-yil 3-sentyabrdan faoliyat ko‘rsata boshladi. Shuningdek dotsent N. J. Mullajonova kafedra mudiri sifatida faoliyat olib bormoqda. San’atshunoslik kafedrasida hozirgi kunda 55 ta professor – o‘qituvchilar faoliyat olib bormoqdalar. (Shundan 38 tasi asosiy shtatda, 17 tasi esa o‘rindoshlik asosida). Kafedrada talaba yoshlarga ta’lim tarbiya berishda 1ta O‘zbekiston xalq artisti, professor. 7 ta dotsent, 1 ta (PshD) doktor, 1 ta O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, 7 ta katta o‘qituvchi, 38 ta o‘qituvchi faoliyat ko‘rsatib kelishmoqda. Barcha kafedra professor – o‘qituvchilari ilmiy izlanishda.
Kafedraning bosh ilmiy tadqiqot mavzusi: «Innovasion texnologiyalar asosida san’atshunoslik va muhandislik fanlarini sifat va samaradorligini oshirish muammolari» deb nomlangan. Xozirgi kunda kafedra professor – o‘qituvchilari o‘quv, ilmiy-uslubiy, ilmiy-tadqiqot, tashkiliy-uslubiy, ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy ishlarni olib bormoqdalar.
Kafedra qoshida ilmiy va ijodiy to‘garaklar faoliyat ko‘rsatmoqda. “Musavvir” to‘garagining ilmiy rahbar katta o‘qituvchi J.Raxmatov, “Dizayn” to‘garagining ilmiy rahbari J.Xoliqov, “Yosh muhandis” to‘garagining ilmiy rahbari katta o‘qituvchi Sh.Jumaev, “Amaliy san’at” to‘garagining ilmiy rahbar Z. Istamov, “Vokalchilar” to‘garagining ilmiy rahbari katta o‘qituvchi M.Murodov, “Guldasta xor jamoasi” to‘garagining ilmiy rahbarlari O. Shodieva, U.Boliev, “Doirachilar” to‘garagining ilmiy rahbari katta o‘qituvchi A.Odilov, “Dutorchilar” to‘garagining ilmiy rahbari Sh.Omonqulova, “Maqomchilar ansambli” to‘garagining ilmiy rahbari N.Xamroqulov va “Orkestr” to‘garagining ilmiy rahbari Sh.Xaqqulov.
Kafedra tarkibiga quyidagi ta’lim yo‘nalishlari berkitilgan
- 60210800-Amaliy san’at (turlari bo‘yicha)
- 60210500 -Rangtasvir (turlar bo‘yicha)
- 60211400 – Vokal ijrochiligi
- 60211500 – Cholg‘u ijrochiligi
- 5110800 – Tasviriy sa’nat va muhandislik grafikasi
- 5111100 – Musiqa ta’limi
- 5151700 – Madaniyat va san’at muassasalarini tashkil etish va boshqarish
Hamkorlik ishlari:
Kafedrada hozirgi kunda OTM hamkorlikda shartnomalar tuzilgan:
- Gjel Davlat universiteti (Rossiya Federatsiyasi, Moskva).
- Rossiya Davlat universitet turizm va servis (Moskva)
- Qarshi davlat universiteti
- Jizzax davlat pedagogika instituti
- Navoiy davlat pedagogika instituti
Kafedrada o‘qitiladigan fan o‘quv dasturlari
- Nota taxriri va dasturlari bilan ishlash
- Musiqa nazariyasi (garmoniya, musiqa asarlar tahlili)
- Vokal asoslari
- Xor va xorshunoslik
- Musiqa tarixi
- Maktabgacha ta’lim muassasalarida musiqa tarbiyasi
- Maqom asoslari va an’anaviy xalq qushiqchiligi
- Dirijyorlik
- Musiqa o‘qtish metodikasi
10. Sol’fedjio
11. Ansambl sinfi
12. Musiqa psixologiyasi asoslari
13. Musiqa o‘qitish texnologiyasi va loyihalash
14. Jahon musiqa madaniyati.
15. O‘zbek xalq musiqa ijodiyoti
16. Sahna madaniyati
17. Orkestrlashtrish
18. MTMda ritmika
19. Maktab repartuari
20. Musiqa tugaraklarini tashkil etish
21. Maqom asoslari va an’anaviy halq qo‘shiqchiligi
22. Musiqiy dasturlar bilan ishlash va notalashtirish
23. Cholg‘ushunoslik maktab repertuaridan kuy va qushiqlar
24. Xor sinfi
25. Jamoa bulib kuyilish uslibiyati
26. Bolalar musiqa adabiyoti
27. An’anaviy va xalq qushiqchiligi
28. Maqom asoslari
29. Vakal va zamonaviy musiqa
30. Maktabgacha ta’limda musiqa mashg‘ulotlarini tashkil etish
31. O‘zbek xalq og‘zaki ijodi
32. Sharq xalqlari musiqasi
33. Jaxon musiqa madaniyati
34. Milliy estrada san’ati
35. Mustaqillikdan sung musiqa madaniyati
36. O‘zbek xalq cholg‘ularida badiylik bilan ijro etish
37. Chizma geometriya
38. Chizmachilik
39. Muxandislik kompyutr grafikasi
40. Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi o‘qitish metodikasi
41. Grafik tasvir asoslari
42. Amaliy perspektiva va soyalar nazariyasi
43. Arxitektura va qurilish chizmachiligi
44. t/f Arxitektura qurilish elementlari
45. CHizma geometriya va muhandislik grafikasi
46. Loyihalash
47. Amaliy san’at
48. Tasviriy san’at o‘qitish metodikasi
49. Qalamtasvir
50. Rangshunoslik (rangtasvir)
51. Rangtasvir
52. Tasviriy faoliyat (MTM)
53. Tasviriy san’at tarixi
54. Haykaltaroshlik
55. Plastik anotomiya
56. Amal san, badiy bezak
57. Akademik qalamtasvir
58. Kompozitsiya
59. Naqqoshlik
60. Grafika
61. Miniatyura
62. Ganchkorlik
63. Yog‘och o‘ymakorlik