Kafedra mudiri

Toshmurodov Otabek Erkinovich

  •  Qabul vaqti: Har kuni 8:00 dan 16:00 gacha
  •  Telefon: +99890 460-46-76
  •  Elektron pochta: otoshmurodov74@mail.ru

Biografiya

1991-1995 yy. - Samarqand davlat universiteti talabasi

1995-1996 yy. - Samarqand shahar Temiryul tumani 6-son o‘rta texnik hunar bilim yurti jismoniy tarbiya rahbari

1997-1998 yy. - Samarqand Dexqon savdo korxonasi mutaxassisi

1998-2000 yy. - Samarqand iqtisodiyot kolleji o‘qituvchisi

2000-2001 yy. - Samarqand Dexqon savdo korxonasi tayyorlovchisi

2001-2012 yy. - Samarqand davlat universiteti jismoniy madaniyat va sportni o‘qitish metodikasi kafedrasi o‘qituvchisi

2012-2013 yy. - Samarqand davlat universiteti jismoniy madaniyat va sportni o‘qitish metodikasi kafedrasi mudiri vazifasini bajaruvchi

2013-2015 yy. - Samarqand davlat universitetining jismoniy madaniyat va sportni o‘qitish metodikasi kafedrasi mudiri

2015-2016 yy. - Samarqand davlat universitetining jismoniy madaniyat  nazariyasi va metodikasi kafedrasi mudiri

2017-2018 yy. - Samarqand davlat universiteti sport turlarini o‘qitish metodikasi kafedrasi katta o‘qituvchisi

2018-2021 yy. - Samarqand davlat universiteti sport pedagogik mahoratini oshirish kafedrasi mudiri

2021 y-h.v. - Samarqand davlat universiteti sport faoliyati kafedrasi mudiri

 

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 30-iyundagi 408-sonli “Samarqand davlat universitetining O‘zbekiston-Finlyandiya pedagogika instituti faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori hamda Universitet Kengashining 2021-yil 7-iyuldagi l4-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida – tashkil etilgan “Sport faoliyati va san’at” fakulteti tarkibida “Jismoniy madaniyat nazariyasi”, “Sport turlarini o‘qitish metodikasi” hamda “Sport maxoratini oshirish” kafedralari optimallashtirilib “Sport faoliyati” kafedrasi tashkil etildi.

Sport faoliyati va san’at fakultetining Sport faoliyati kafedrasi O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining qonun va qarorlari asosida o‘z faoliyatini amalga oshirmoqda. Shuningdek, Jismoniy madaniyat va sport mutaxassislarini tayyorlashda Respublika Oliy va O‘rta maxsus ta’lim vazirligining Nizomi, O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasining qarorlari, SamDU ustaviga amal qilib, o‘quv tarbiya jarayonini rivojlantirib kelmoqda.

Sport faoliyati” kafedrasida 5112000- “Jismoniy madaniyat”, 5610500- “Sport faoliyati (faoliyat turlari bo‘yicha)”, 61010300 –“Sport faoliyati” (kurash) bakalavr ta’lim yo‘nalishi hamda 5A112001 “Jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlari nazariyasi va metodikasi” magistratura ta’lim yo‘nalishlarida jami 1200 ga yaqin talabalar tahsil olmoqda.

Kafedrada 45,25 shtat birligida jami 50-nafar professor-o‘qituvchilar faoliyat olib boradi. Shundan 1 nafar p.f.n. professor, 5 nafar p.f.n. dotsent, 2 nafar dotsent, 1 nafar (PhD) assisent-o‘qituvchi va 41 nafar assisent-o‘qituvchilardir. Kafedraga Rossiya federatsiyasining SKFU dan 3 nafar xorijiy professor-o‘qituvchilar jalb etilgan.

Kafedra professor-o‘qituvchilari kafedraninig bosh mavzusi “Fan sportga” mavzusi bo‘yicha ilmiy tadqiqot va uslubiy ishlarini olib bormoqda. Kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan shu kungacha 3 ta darslik 12 ta o‘quv qo‘llanma 8 ta uslubiy qo‘llanma va 200 dan ortiq ilmiy maqola va tezislar xalqaro hamda respublikamiz ilmiy jurnallari hamda to‘plamlarda chope tilgan.

Kafedra qoshida “Fan sportga” ilmiy to‘garagi faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. To‘garakga 50 nafardan ko‘proq talabalar a’zo bo‘lib, ular kafedra professor-o‘qiuvchilari ilmiy raxbarligi ostida ilmiy izlanishlar olib bormoqdalar.

Kafedrada o‘qitiladigan fanlar

Bakalavr 5112000- “Jismoniy madaniyat” ta’lim yo‘nalishiga

  • Umumiy va sport psixologiya
  • Jismoniy madaniyat tarixi
  • Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi
  • Gimnastika va uni o‘qitish metodikasi
  • Yengil atletika va uni o‘qitish metodikasi
  • Kurash turlari va uni o‘qitish metodikasi
  • Sport o‘yinlari va uni o‘qitish metodikasi
  • Zamonaviy sport inshoatlari
  • Sport turlaridan pedagogik mahoratini oshirish
  • Sport turlari bo‘yicha musobaqalar tashkil etish va hakamlik nazariyasi
  • Tanlov fanlari: Jismoniy madaniyat va sportda ilmiy tadqiqotlarni o‘tkazish metodlari
  • Tanlov fanlari: BO‘SMlarda o‘quv ishlarini rejalashtirish

Bakalavr 5610500- “Sport faoliyati (faoliyat turlari bo‘yicha)” va 61010300 –“Sport faoliyati” (kurash) ta’lim yo‘nalishlariga

  • Jismoniy tarbiya va Olimpiya harakati tarixi
  • Jismoniy tarbiya, sport nazariyasi va uslubiyati
  • Jismoniy tarbiya va sport menejmenti
  • Jismoniy tarbiya va sport pedagogikasi
  • Psixologiya va sport psixologiyasi
  • Yakkakurash, koordinatsion va siklik sport turlari (badiy gimnastika)
  • Sport o‘yinlar va uni o‘qitish metodikasi (basketbol, gandbol, voleybol)
  • Sport pedagogik maxoratini oshirish (voleybol, basketbol, kurash, ko‘l to‘pi, yengil atletika)
  • Tanlangan sport turi nazariyasi va uslubiyati (valeybol, basketbol, kurash, ko‘l to‘pi, yengil atletika)
  • Turizm
  • Sport turlarini o‘qitishda inovatsion pedagogik texnologiyalar

5A112001 “Jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlari nazariyasi va metodikasi” Magistratura mutaxaxsligiga

  • Maxsus fanlarni o‘qitish metodikasi
  • Jismoniy madaniyatning pedagogik va psixologik asoslari
  • Jismoniy sifatlarni tarbiyalashda samarali uslublar

 

Kafedra mudiri:dos. O.E.Toshmurodov