2019 yil 12 noyabr kuni SamDUga Xitoy fanlar akademiyasiga qarashli Shanxay materiya va medisina ilmiy tadqiqotlar institutining direktori Li Jia boshchiligidagi delegasiya tashrif buyurdi.

  Mexmonlarni SamDU xalqaro aloqalar bo’yicha prorektori M.Nosirov va Kimyo fakulteti dekani N.Musulmonovlar kutib oldi. Uchrashuvda ikki oliy ta’lim muassasasi o’rtasida grant xisobiga magistrlar va doktorantlar tayyorlash bo’yicha kelishib olindi.

  SamDU 63-auditoriyasida Kimyo fakulteti professor-o’kituvchilari, doktorantlari, magistrlari va talabalariga delegasiya rahbari prof. Li Jia tomonidan master-klass o’tildi. Uchrashuv so’ngida mexmonlar SamDUning saloxiyati, muzeylari va Samarqand shaxrining diqqatga sazovor joylari bilan tanishdilar.

SamDU matbuot xizmati