Manzil: 140104, O`zbekiston, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 15-uy

Universitet professor-o’qituvchilari tuman maktablariga tashrif buyurdi

img

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida xalq ta’limi tizimini rivojlantirish masalalariga bag’ishlab 23 avgust kuni o’tkazilgan videoselektor yig’ilishida belgilangan vazifalardan kelib chiqib, Samarqand davlat universitetining profesor-o’qituvchilari  viloyatdagi umumta’lim o’rta maktablariga, ayniqsa uzoq tumanlarda joylashgan maktablarga tashrif buyurib, bugungi kunda yurtimizda amalga oshirilayotgan keng ko’lamli o’zgarishlar xaqida targ’ibot ishlarini olib borishmoqda.

SamDU

Shunday tashriflarning birida Samarqand davlat universitetining Yoshlar bilan ishlash bo’yicha prorektori, iqtisodiyot fanlari doktori AlisherEshtayev, fizika-matematika fanlari doktori ErmamatSattarov va falsafa fanlari bo’yicha falsafa doktori JahongirYaxshilikov Qo’shrabot tumanining Jo’sh qishlog’ida joylashgan 32 va 56-o’rta maktablarga bordi.

Universitet professor-o’qituvchilari maktab o’quvchilari va o’qituvchilari uchun o’z sohalari bo’yicha ma’ruzalar o’qidilar.

SamDU

Samimiy va ochiq muloqot ruhida kechgan uchrashuvlar mobaynida mehmonlar yoshlarga mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlar, istiqlolimiz bergan imkoniyatlar, xususan ta’lim tizimidagi o’zgarishlar haqida so’zlab berdilar. O’g’il-qizlar o’z orzu-o’ylari, kelgusidagi rejalari xususida gapirdilar.

Tashrif davomida mazkur maktablarning kutubxonalariga 100 dan ziyod badiiy adabiyotlar tuhfa qilindi.

 

Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va

ma’rifat bo’limi va SamDU Matbuot xizmati