Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning 2020 yil 2 martdagi farmoniga muvofiq, Xotin-qizlarning oliy ta’lim muassasalarida o’qishi uchun qo’shimcha imkoniyatlar yaratish maqsadida, Samarqand davlat universitetiga imtiyoz asosida qabul qilingan qizlarni qutlash marosimi bo’lib o’tdi...

Joriy yilda mamlakatimizda 940 nafar xotin-qiz qo’shimcha kvota asosida talaba bo’lish baxtiga muyassar bo’ldi. Ulardan 20 nafari Samarqand davlat universitetida davlat grantida o’qiydi.

2020 yil 3 oktyabr kuni universitet rahbariyati tomonidan Qoraqalpog’iston Respublikasidan 1 nafar, Samarqand 2 nafar, Poyariq 3 nafar, Pastdarg’om 5 nafar, Qo’shrabot 6 nafar, Ishtixon 1 nafar, Bulung’ur tumanidan 2 nafar imtiyoz asosida talabalikka qabul qilinganlarning xonadonlarida bo’lib, ularga universitet rektorining tabriknomasi hamda esdalik sovg’alar topshirildi.