Manzil: 140104, O`zbekiston, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 15-uy


TALABALAR TURAR JOYLARI

Universitet tasarrufida hozirgi kunda beshta talabalar turar joyi  faoliyat ko’rsatmoqda. Talabalar turar joyi faoliyatiga oid me’yoriy hujjatlar asosida universitetning ichki me’yoriy-huquqiy hujjatlari ishlab chiqilib, tasdiqlangan. Jumladan, talabalar turar joyi nizomi, e’lonlar burchagi, talabalar ro’yxati, yong’in xavfsizligi burchagi mavjud.

Talabalarning yashashi, o’z ustida mustaqil ishlashi, dam olishi uchun turar joylarda sharoitlar yaratilgan. Talabalar uchun sport, san’at, tikuvchilik, chet tillarni o’rganish bo’yicha va boshqa to’garaklar faoliyat ko’rsatmoqda. Jumladan, “Musavvirlik”, “Dizayn”,  “Vokal va dutor ijrochiligi”, “Tikuvchilik va to’quvchilik” va boshqa to’garaklar tashkil qilingan. Talabalarning bo’sh vaqtini mazmunli o’tkazish, ularga shart-sharoit yaratish maqsadida ma’naviyat va ma’rifat xonalari, o’quv zallari tashkil qilinib, ular zaruriy jihozlar bilan ta’minlangan. Shuningdek,    dam olish (Ota-onalar uchun) xonasi, xotin-qizlar xonasi, kir yuvish va quritish xonasi, kiyimlarni dazmollash xonasi, oshxona kabi maishiy sharoitlar yaratilgan. Talabalar turar joyida tibbiyot xonalari tashkil qilinib, talabalarga birinchi tibbiy xizmat qo’rsatilmoqda. Shunigdek, talabalar turar joyida Ayollar maslahat xonasi hamda Psixolog xonalari tashkil qilingan. Turar joylarning har bir qavatida hojatxona, issiq suv bilan ta’minlangan dush, yuvinish xonasi mavjud. 1- va 4-sonli talabalar turar joyida  universitet axborot resurs markazining  filiali tashkil etilgan. 1-son turar joyi 10 mingga yaqin, 4-son turar joyi 2 mingga yaqin badiiy adabiyotlar, vaqtli matbuot nashrlari bilan ta’minlangan. ARM filiallari soat 15:00 dan 22:00 gacha ishlaydi.