Samarqand davlat universiteti iqtidorli talabalarini rag‘batlantirish va moddiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash maqsadida stipendiyalar joriy etildi!!!

Samarqand davlat universitetida tahsil olayotgan iqtidorli yoshlarni yaratuvchilik faoliyatiga keng jalb etish hamda munosib taqdirlash maqsadida quyidagi stipendiyalar ta’sis qilindi:
Aziz Sanjar nomidagi stipendiya.
AQSh Shimoliy Karolina universiteti professori, Nobel mukofoti laureati;
Botirxon Valixo‘jaev nomidagi stipendiya.
O‘zbekiston Respublikasi fan arbobi, akademik, “Buyuk xizmatlari uchun ordeni” sohibi;
Vohid Abdullayev nomidagi stipendiya.
O‘zbekiston Respublikasi fan arbobi, akademik;
Akbar Otaxo‘jayev nomidagi stipendiya.
O‘zbekiston Respublikasi fan arbobi, akademik.
Aziz Sanjar nomidagi universitet stipendiyasiga nomzodlarga quyidagi talablar qo‘yiladi:
O‘quv jarayonida barcha fanlardan o‘zlashtirish ko‘rsatkichi a’lo (ko‘pi bilan 25 foizi yaxshi darajada) bo‘lishi lozim;
Ilmiy-tadqiqot ishlari bilan shug‘ullanayotgan, ilmiy maqolalari chop etilgan kimyo, biologiya yo‘nalishlari ikkinchi va uchunchi kurs talabasi bo‘lishi lozim.
Vohid Abdullayev, Akbar Otaxo‘jayev, Botirxon Valixo‘jayev nomidagi universitet stipendiyalariga nomzodlarga quyidagi talablar qo‘yiladi:
O‘quv jarayonida barcha fanlardan o‘zlashtirish ko‘rsatkichi a’lo (ko‘pi bilan 25 foizi yaxshi darajada) bo‘lishi, ilmiy-tadqiqot ishlari bilan shug‘ullanayotgan, ilmiy maqolalari chop etilgan ikkinchi va uchunchi kurs talabasi bo‘lishi lozim;
Fizika, matematika, mexanika fakultetlari talabalari Akbar Otaxo‘jayev nomidagi universitet stipendiyasiga, tarix, filologiya, psixologiya va ijtimoy munosabatlar, maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim fakultetlari talabalari Vohid Abdullayev, Botirxon Valixo‘jayev nomidagi universitet stipendiyalariga da’vogar bo‘la oladi.
Talabgorlar batafsil ma’lumot olish uchun Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo‘limiga murojaat qilishlari mumkin.
Behruz Shamsiddinov
Samarqand davlat universiteti
Axborot xizmati xodimi