Tadbirni filologiya fanlar doktori, professor, Turk tilshunoslik jamiyati muxbir a’zosi Jo‘liboy Eltazarov kirish so‘zi bilan ochdi.

    Samarqand viloyat hokimi o‘rinbosari Xurshid Ochilov Samarqand davlat universiteti Turkologiya ilmiy-tadqiqot institutining ochilishi bilan barcha ishtirokchilarni muborakbod etib, uning kelgusi faoliyatiga muvaffaqiyat tiladi.

    Samarqand davlat universiteti rektori, professor, Oliy Majlis Senati a’zosi Rustam Xolmurodovning tabrigi o‘qib, eshittirildi.