Bugun Samarqand davlat universiteti Muhandislik fizikasi instituti umumiy fizika kafedrasi dotsenti Nurliboy Hamroyevning tug’ilgan kuni.

    Fizika-matematika fanlari nomzodi Nurliboy Hamroyev 1959-yilda tug’ilgan. 64 yoshni qarshi olgan olim 40 yildan buyon samarali mehnat qilib kelmoqda. 

    Samarqand davlat universiteti jamoasi tug’ilgan kun sohibini bugungi qutlug’ sana munosabati bilan muborakbod etib, uzoq umr, sihat-salomatlik, xotirjamlik tilaydi. 

    

    Samarqand davlat universiteti 
    Faxriylar kengashi.