Samarqand davlat universiteti rektori, O‘zbekiston Respublikasi fan arbobi, Oliy Majlis Senati a’zosi Rustam Xolmurodov  tashabbusi bilan SamDU yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektor Shahzoda Negmatova, kasaba uyushma qo‘mitasi raisi Shavkat Maxmatmurodov boshchiligida universitetning  professor-o‘qituvchilari, taniqli olim va mohir pedagoglar biologiya fanlari doktori, professor Jo‘raqul Xo‘jayev, taniqli tarixshunos olim, dotsent Ne’mat Toshkenboyev, mehnat faxriysi Qudrat Aymatovlar xonadonlarida bo‘lib, holidan xabar olindi.

    Shahzoda Negmatova Samarqand davlat universitetida ko‘p yillar davomida faoliyat ko‘rsatgan, zahmatli mehnati bilan universitet ta’lim-tarbiya ishlarini yangi bosqichga ko‘tarishga ulkan hissa qo‘shgan faxriy xodimlarni Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan tabriklab, Samarqand davlat universiteti rektori Rustam Xolmurodovning bayram tabrigini o‘qib eshittirdi, esdalik sovg‘alarini topshirdi.

Iroda Bekmurodova

Samarqand davlat universiteti

Axborot xizmati xodimi.

Shavkat Akramov olgan suratlar.