Bugun Samarqand davlat universiteti Agrobiotexnologiyalar va oziq-ovqat xavfsizligi instituti professori Shodi Xoliqulovning tug‘ilgan kuni.

    Tuproqshunoslik va agrotexnologiyalar kafedrasi mudiri, professor Shodi Xoliqulov 1948-yil Qashqadaryo viloyatida tug’ilgan. 75 yoshni qarshi olgan olim 54 yildan buyon  samarali mehnat qilib kelmoqda.

    Bugungi kun munosabati bilan universitet jamoasi tug‘ilgan kun sohibini samimiy muborakbod etib, ilmiy ishlariga muvafaqqiyat, uzoq umr, sihat-salomatlik, tinchlik-xotirjamlik tilaydi.

    Samarqand davlat universiteti
    Faxriylar kengashi