Yevropa ittifoqining ERASMUS+ tomonidan moliyalashtirilgan INMACOM loyihasining Belgiya davlatidagi Gent va Vrije universitetlarida o'tkazilayotgan navbatdagi yig'ilishida Samarqand davlat universitetining  o'quv ishlari bo’yicha birinchi prorektori, professor Ahmadjon Soliyev va  matematik analiz kafedrasi mudiri dotsent G’ofurjon Xasanovlar ishtirok etmoqda.

    Gent universiteti bilan muzokaralar natijasida tomonlar o’rtasida qo’shma loyihalar tayyorlash hamda professor-o'qituvchi, doktorant va talabalarning stajirovkalarga yuborish bo’yicha kelishib olindi. Shuningdek, xalqaro hamkorlik bo’yicha anglashinuv memorandumini imzolash haqida so’z yuritildi.

    Ayni vaqtda universitet olimlari Vrije universiteti va uning faoliyati bilan tanishishmoqda.

Samarqand davlat universiteti

Axborot xizmati.