2023-2024 o’quv yili uchun oliy ta’lim muassasalariga qabul jarayoni boshlanishi munosabati bilan abituriyentlar va ularning ota-onalariga qulaylik yaratish hamda ularni qiziqtirgan savollarga tezkor javob berish maqsadida Samarqand davlat universitetida Call-markaz tashkil etildi.

    Abituriyentlar va ularning ota-onalari quyidagi:

1. +998662391892
2. +998662391553
3. +998662391378
4. +998662391559


    telefon raqamlari orqali Call-markaz bilan bog’lanib, o’zlarini qiziqtirgan savollariga javob olishlari mumkin.

    Shuningdek, abituriyentlar uchun Samarqand davlat universiteti filologiya fakulteti hovlisida Maslahat markazi tashkil etilgan bo’lib, o’z savollaringizga ushbu maslahat markazi xodimlari orqali javob olishlaringiz mumkin.

    Qabul jarayonlari ertaga, 20-iyundan boshlanadi. 

    Arizalar onlayn shaklda my.uzbmb.uz va my.gov.uz saytlari orqali qabul qilinadi. 

    Call-markaz va maslahat markazi ish vaqti: 08:00 dan 17:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)

 

Samarqand davlat universiteti
Qabul komissiyasi.