Samarqand davlat universiteti akademik litseyi bitiruvchilari uchun “Xayr jonajon litseyim, salom kelajagim” nomli bitiruv oqshomi o’tkazildi.

    Tadbirni Samarqand davlat universiteti o’quv ishlari bo’yicha birinchi prorektori, professor Ahmadjon Soliyev kirish so’z bilan ochib, barcha yoshlarga omad tiladi. Shuningdek, SamDU rektori, O’zbekiston Respublikasi fan arbobi, Oliy Majlis Sen’ati a’zosi Rustam Xolmurodovning tabrigini eshittirdi.

    Tadbirda bitiruvchilarning 18 nafariga a’lo darajali diplom hamda “Akademik litseyimiz iftixori” stipendiyasi topshirildi. Shu bilan birga 120 nafar chet tili sertifikatiga ega bo’lgan bitiruvchilar alohida e’tirof etilib, ularning ota-onalariga minnatdorlik bildirildi.

Samarqand davlat universiteti

Axborot xizmati.