Yevropa va O'rta yer dengizi o'simliklar karantini va himoyasi tashkilotning (EPPO) Toshkent shahrida o’tkazilayotgan navbatdagi yig'ilishida SamDU Agrobiotexnologiyalar va oziq-ovqat xavfsizligi institutining biolaboratoriya mudiri, biologiya fanlari nomzodi Temur Yusupov ishtirok etdi.

    Olim ushbu anjumanda o’simliklar himoyasi yo’nalishida bugungi kunda SamDUda olib borilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlari va kelgusidagi rejalar haqida taqdimot qildi.

    O’zbekistonda ilk bor o’tkazilayotgan ushbu uchrashuvda 20 dan ortiq davlatlardan o'simliklar karantini va himoyasi bo’yicha mutaxassislar qatnashdi. Uchrashuvning asosiy mavzusi qishloq xo’jaligida fitosanitar xavfsizlik bo’yicha yagona standartlarni yaratish masalalariga qaratilgan.  

    Ma’lumot uchun, Yevropa va O'rta yer dengizi o'simliklar karantini va himoyasi tashkiloti butun dunyoda qishloq xo’jaligi va o’rmonchilikda zararli organizmlar va kasalliklarga qarshi kurashish hamda ularning tarqalishini oldini olish bo’yicha xalqaro standartlarni ishlab chiqish bilan shug’ullanadi.

Samarqand davlat universiteti

Axborot xizmati.