2023-yil 11-aprel kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida yoshlar bilan ishlashning yangicha tizimini joriy etish borasidagi dolzarb vazifalar yuzasidan yig‘ilish o’tkazilib, mas’ullarga bir qator topshiriqlar berilgan edi. Belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Samarqand davlat universiteti rektori, O’zbekiston Respublikasi fan arbobi, Oliy Majlis Senati a’zosi Rustam Xalmurodovga Samarqand shahridagi 58 nafar “Yoshlar balansi” dagi yigit-qizlar biriktirilgan.

    Rustam Xolmurodovning nazoratida bo’lgan ushbu yoshlarning muammolari doimiy ravishda o’rganilib, ijobiy hal etilmoqda.

    “Bunyodkor” mahallasida yashovchi Istodaoy Qurbonova bilan suhbatlashilganda nogironlik aravachasiga ehtiyoji borligini bildirgan.

    Shuningdek, ushbu mahalladagi 10-sinf maktab o’quvchisi Munis Tolibov IT sohasiga qiziqishi balandligi hamda chet tilini mustaqil tarzda o’rganayotganligini aytib, zamonaviy planshet kerakligini aytgan.

    Samarqand davlat universiteti rektori tashabbusi bilan Istodaoy Qurbonova hamda Munis Tolibovga o’zi xohlaganidek nogironlik aravachasi va planshet topshirildi. Sovg’ani SamDU xalqaro hamkorlik bo’yicha prorektori Akmal Axatov taqdim qildi.

Samarqand davlat universiteti

Axborot xizmati.