Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining o’rinbosari Shaxloxon Turdikulova hamda Ilm-fan va innovatsion faoliyatni rivojlantirish boshqarmasi boshlig’i Shuhrat Otajonovlar Samarqand davlat universitetida bo’ldi. Tashrif davomida “Saraton kasalligiga qarshi dori vositalari sintezi laboratoriyasi”, “Akkreditatsiyalangan radiatsion nazorat sinov laboratoriyasi”, “Samarqand Kvant markazi” kabi laboratoriyalarini tashkil etish loyihalari bilan tanishdi. Shuningdek, ushbu loyihalarni moliyalashtirish masalalari muhokama etildi.

Samarqand davlat universiteti

Axborot xizmati.