Bugun Samarqand davlat universiteti intellektual ta’lim tizimlari va kompyuter texnologiyalari fakulteti dekani Abdusattor Boboyorovning tug’ilgan kuni.

    Texnika fanlari nomzodi, dotsent Abdusattor Bobyorov 1958-yi Qo’shrabot tumanida tug’ilgan. 65 yoshni qarshi olgan olim 40 yildan buyon Samarqand davlat universitetida turli lavozimlarda faoliyat ko’rsatmoqda.

    Samarqand davlat universiteti jamoasi tug’ilgan kun sohibini bugungi kun munosabati bilan tabriklab, uzoq umr, sihat-salomatlik, tinchlik-xotirjamlik tilaydi. 

 

Samarqand davlat universiteti 
Axborot xizmati