Samarqand davlat universitetiga Rossiyaning Kurchatov instituti Milliy tadqiqot markazi direktorining birinchi o’rinbosari Yulya Dyakova boshchiligidagi delegatsiyasi tashrif buyurdi.  

    Mehmonlar bilan Samarqand davlat universiteti xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektori, professor Akmal Axatov uchrashuv o’tkazdi. Tashrifdan asosiy maqsad tomonlar o’rtasida xalqaro hamkorlik aloqalarini yo’lga qo’yishdir.

    Muzokaralarda biologiya, kimyo, muhandislik fizikasi, yadro fizikasi IT, matematik modellashtirish, genetika, botanika sohalariga oid tadqiqotlar olib borish masalalari muhokama qilindi.

    Samarqand davlat universiteti

    Axborot xizmati.