Samarqand davlat universiteti  Xitoy universitetlari bilan hamkorlik aloqalarini yana-da mustahkamlaydi...

    Samarqand davlat universiteti rektori, O‘zbekiston Respublikasi fan arbobi, Oliy Majlis Senati aʼzosi Rustam Xolmurodov  “Ipak yo‘li universitetlari assotsiatsiyasi” ning yig‘ilishida ishtirok etish uchun Xitoy Xalq Respublikasida bo‘lib turibdi.

    Bugungi kunda “Ipak yo‘li universitetlari assotsiatsiyasi” ga jahonning 37 davlatidan 150 dan ortiq universitetlar aʼzo hisoblanadi. Samarqand davlat universiteti 2018-yilda mazkur tuzilmaga  qo‘shilgan.

    Rustam Xolmurodov tashrif doirasida Xitoyning Sian arxitektura va texnologiya universiteti faoliyati bilan tanishib, universitet prizedenti Vang Shushen bilan muloqot qildi. Uchrashuv davomida tomonlar o‘rtasida hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

    Xitoyga safari davomida SamDU rektoriga xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektor Akmal Axatov hamrohlik qilmoqda...

Samarqand davlat universiteti

Axborot xizmati.