Samarqand davlat universiteti differensial tenglamalar kafedrasi  tayanch doktoranti Rayxonbek Eshbekov Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan oʻtkazilgan “Yosh olimlarni yetakchi xorijiy universitetlar va ilmiy tashkilotlarga stajirovkalarga yuborish” tanlovida gʻoliblikni qo’lga kiritdi.

    Rayxonbek Eshbekov ushbu grant dasturi asosida Janubiy Koreyaning Chonnam Milliy universitetida ilmiy tadqiqotlarini davom ettirish imkoniyatiga ega bo’ldi.

    Ma’lumot uchun, mazkur tanlovga hujjat topshirish 2023-yil 1-noyabrgacha davom etadi.