Samarqand davlat universiteti rektori, O’zbekiston Respublikasi fan arbobi, Oliy Majlis Senati a’zosi Rustam Xolmurodov Xitoy Fanlar akademiyasining Shinjon fizika va kimyo texnika institutida bo’ldi. Mazkur institut direktori, professor Jiang Tonghai kutib oldi.

    Rustam Xolmurodov institutning fizika va kimyo yo’nalishidagi laboratoriyalari bilan tanishdi. Shuningdek, SamDU Muhandislik fizikasi va Biokimyo institutlari bilan Shinjon fizika va kimyo texnika institutining hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

    Samarqand davlat universiteti rektoriga SamDU xalqaro hamkorlik bo’yicha prorektori Akmal Axatov va professor Xurshid Bozorovlar hamrohlik qilmoqda.

Samarqand davlat universiteti

Axborot xizmati.