Nufuzli anjuman doirasida xorijlik olimlar SamDU Biokimyo instituti kampusi va oziq-ovqat yarmarkasi bilan tanishdi.

    Xalqaro konferensiya BMT oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkilotining O‘zbekistondagi vakolatxonasi bilan hamkorlikda o‘tkazildi. Anjumanda AQSH, Rossiya, Italiya, Islandiya, Pokiston, Qozog‘iston, Tojikiston kabi davlatlardan 40 ga yaqin xorijlik olimlar ishtirok etdi. Shuningdek, respublikamizning 50 dan ortiq sohaga oid tashkilotlaridan 200 ga yaqin mutaxassislar oziq-ovqat xavfsizligi bo‘yicha maʼruzalari bilan qatnashdi.

    AQSH ning Garvard universiteti professori Rafael Kushak, VetVitles LLS kompaniyasi direktori, akademik Efroim Gurman, Italiyaning Bolonya universiteti professori Janlukka Allegro,  Rossiyaning Oltoy universiteti professori Roman Yakoblev, Pokistonning Quaidi-Aʼzam universiteti professori Muhammad Zafar, Sankt-Peterburg politexnika universiteti biotibbiyot tizimlari va biotexnologiyalari instituti, Biotexnologiya va oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish oliy maktabi direktori, professor Yuliya Bazarnova, Ufa fan va texnologiyalar universiteti professori Maya Ishmuratova, Qozog‘istonning Yevroosiyo Milliy universiteti hujayra biologiyasi va biotexnologiya instituti direktori, akademik, Rahmetkaji Bersimbay, Tojikiston pedagogika universiteti professori Tohirjon Sattorov, akademik Bakriddin Zaripov,  O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Mikrobiologiya instituti direktori, professor Qahramon Davronov, Qarshi davlat universiteti professori Shoniyoz Qurbonov  va boshqalar oziq-ovqat xavfsizligi va uning dolzarb muammolari haqida fikr-mulohaza bildirdi. 

    Samarqand davlat universiteti rektori, O‘zbekiston Respublikasi fan arbobi, Oliy Majlis Senati aʼzosi Rustam Xolmurodov anjumanni kirish so‘zi bilan ochdi:

    Keyingi yillarda oziq-ovqat xavfsizligi jahon hamjamiyati oldidagi eng dolzarb masalalardan biriga aylandi. Iqlimning keskin o‘zgarishi natijasida ro‘y berayotgan tabiiy ofatlar, suv taqchilligi, qurg‘oqchilik kabi omillar taʼsiri vaziyat yana-da  murakkablashishiga olib kelmoqda. Natijada jahon bozorida oziq-ovqat mahsulotlari narxining keskin ko‘tarilish tendensiyasi kuzatilmoqda. Holat sohani yangi innovatsion texnologiyalar hamda ilmiy yutuqlarni qo‘llash orqali yana-da rivojlantirishni taqozo etmoqda.

    Ushbu muhim masalani atroflicha o‘rganish hamda bu borada jahonning yetakchi mamlakatlarida to‘plangan boy tajribani respublikamiz miqyosida ommalashtirish maqsadida Samarqand davlat universitetida, anʼanaviy tarzda  “Oziq-ovqat xavfsizligi: Global va milliy muammolar” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman bo‘lib o‘tdi.

    Bakriddin Zaripov, Samarqand davlat universiteti professori, akademik:

    So‘nggi yillarda agrar sohada misli ko‘rinmagan islohotlar davri bo‘ldi, o‘z vaqtida qabul qilingan qarorlar mamlakatimizga qishloq xo‘jalik mahsulotlarini ishlab chiqarishni sezilarli oshirish evaziga ulkan taraqqiyotga erishish, hamda O‘zbekistonning eksport potensialini oshirish va jahon bozorlarida uning mavqeini oshirish imkonini berdi. Hozirgi kunda globallashuv sharoitlarida oziq-ovqat xavfsizligini bir mamlakat doirasida amalga oshirish mumkin emas, ushbu maqsadga erishish uchun tizimlashtirilgan keng ko‘lamli tadbirlar o‘tkazish lozim. Bu islohotlarda Samarqand davlat universiteti respublikamizdagi o‘ziga xos ilmiy salohiyatga ega bo‘lgan yetakchi oliy taʼlim muassasalaridan biri sifatida ishtirok etmoqda.

    Raxmetkaji Bersimbay, Qozog‘istonning Yevroosiyo Milliy universiteti hujayra biologiyasi va biotexnologiya instituti direktori, akademik:

    Samarqand davlat universiteti

    Axborot xizmati,

    Shavkat AKRAMOV olgan suratlar.