Bugun Samarqand davlat universiteti Muhandislik fizikasi instituti yadro fizikasi va astronomiya kafedrasi professori Guljahon Ahmedovaning tug’ilgan kuni.
    Fizika-matematika fanlari nomzodi Guljahon Ahmedova 1939-yil Samarqand tumanida tug’ilgan. 84 yoshni qarshi olgan olima 62 yildan buyon Samarqand davlat universitetida turli lavozimlarda faoliyat ko’rsatib kelmoqda…
    Samarqand davlat universiteti jamoasi tug’ilgan kun sohibini samimiy muborakbod etib, uzoq umr, sihat-salomatlik, tinchlik-xotirjamlik tilaydi.       

 

Samarqand davlat universiteti
Axborot xizmati.