Samarqand davlat universiteti filologiya fakultetida 21-oktabr – O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 34 yilligiga bag‘ishlangan  “O‘zbek tili – milliy oʻzligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli” mavzudagi anjuman oʻtkazildi.

    Tadbirda fakultet dekani, professor Azamat Pardayev, oʻzbek tili va adabiyoti kafedrasi mudiri, professor Ibodulla Mirzayev, SamDU boshlangʻich Kasaba uyushmasi qoʻmitasi raisi Shavkat Mahmatmurodov, oʻzbek tilshunosligi kafedrasi mudiri, dotsent Shavkat Mahmadiyev va Umida Rashidovalar ma’ruzalari bilan ishtirok etdi.

 

    Samarqand davlat universiteti

    Axborot xizmati.