Samarqand davlat universiteti, AQSH ning Ilm-fan, muhandislik va tibbiyot akademiyalari, Kaliforniya va Oklahoma davlat universitetlari bilan hamkorlikda mazkur ajuman tashkil etilgan.

    Konferensiyaning asosiy maqsadi transchegaraviy suv resurslarini do‘stona boshqarish orqali uzoq muddatli ijtimoiy barqarorlikni taʼminlashdan iborat. Shuningdek, transchegaraviy suvlardan foydalanish muammolari va ilmga asoslangan yechimlariga qaratilgan masalalarni muhokama qilish va hamkorlik aloqalarini mustahkamlash ko‘zda tutilgan.

    AQSH, Yaponiya, Germaniya, Italiya, Iordaniya, Saudiya Arabistoni, Quvayt, Pokiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston kabi davlatlardan 50 nafarga yaqin xorijlik olimlar nufuzli anjumanda qatnashdi. Suv resurslari tadqiqotlari xalqaro instituti, Jahon banki, YUNESKO, BMT ning Oziq-ovqat tashkiloti va BMT Taraqqiyot dasturi vakillari shular jumlasidandir. AQSH ning qator universitetlaridan: Kaliforniya, Oklahoma, Texas, Tulane, Oregon, Boyse davlat universitetlari, Kaliforniya qishloq xo‘jaligi va tabiiy resurslar universiteti, Germaniyaning Bonn, Iordaniyaning fan va texnologiyalar, Yaponiyaning Kioto va Tottori, Saudiya Arabistonining fan va texnologiyalar qirollik universiteti, Qozog‘istonning Gumilyov, Qirg‘izistonning Markaziy Osiyo Amerika universitetlari, Tojikistonning Fan va texnologiyalar innovatsion markazi olimlari anjuman doirasida ko‘tarilayotgan masalalarni muhokama qilishdi.

Samarqand davlat universiteti

Axborot xizmati,

Shavkat AKRAMOV olgan suratlar.