Samarqand davlat universiteti, Hindistonning Galgotias, IILM universitetlari hamda Janubiy Koreyaning Samsung ilg‘or texnologiya instituti bilan hamkorlikda mazkur ajuman tashkil etilgan.

    Konferensiyaning asosiy maqsadi sun’iy intellekt texnologiyalarini rivojlantirish, axborot texnologiyalari asosida ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni boshqarishni jadallashtirishdan iborat. Shuningdek, sun’iy intellekt algoritmlarini ishlab chiqish muammolari va ilmga asoslangan yechimlariga qaratilgan masalalarni muhokama qilish va hamkorlik aloqalarini mustahkamlash ko‘zda tutilgan.

    Yaponiya, Rossiya, Hindiston, Belarus, Janubiy Koreya, Ispaniya kabi davlatlardan 30 nafarga yaqin xorijlik olimlar nufuzli anjumanda qatnashdi.

    Samarqand davlat universiteti

    Axborot xizmati.